Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil yakuniga qadar 4200 nafar fuqaro Rossiyadagi yirik qurilish obektlariga ishga yuboriladi
Rossiya Neft va gaz ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti raisi o‘rinbosari Denis Mishchenko boshchiligida «Renaissance Heavy Industries» va «Yamata Yatirim İnşaat Turizm ve Ticaret Anonim Şirketi» kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Vazirlar Mahkamasining Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish masalalari va xalqaro iqtisodiy hamkorlik departamenti hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida delegatsiya a'zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
“Uchrashuvlarda pandemiya sharoitida mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilish, ularga kasb va til o‘rgatish kabi masalalar muhokama etildi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi mehnat migratsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, koronavirus pandemiyasi sababli Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha ishlash uchun ketolmagan va ishsiz qolgan o‘zbekistonlik fuqarolar bandligini ta'minlash orqali ularga daromad manbai yaratish masalasi muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi”, deyiladi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabarida.
Qayd etilishicha, ikki tomonlama muzokaralarda yil yakuniga qadar 4200 nafar fuqaroni yirik qurilish obektlariga ishga jalb qilish, ular uchun qulay sharoitlar yaratish, transport, ishlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish, ish haqi va boshqa masalalar bo‘yicha keyingi vazifalar belgilab olindi.
Eslatib o‘tamiz, 31 iyul kuni 144 nafar fuqaro tashkillashtirilgan holda Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodi qurilishida ishlash uchun charter reys orqali uchib ketgan edi.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
20:44 / 13.07.2026
Rossiya prezidentligi sayloviga qo‘yilmagan Boris Nadejdin Moskvada qo‘lga olindi
16:29 / 13.07.2026