Özbekistonlik 144 nafar fuqaro mehnat faoliyatini amalga oşiriş uçun Rossiyaning Amur viloyatiga jönatildi. Bu haqda Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Ma'lum qilinişiça, rossiyalik iş beruvçilar va mas'ul taşkilotlar bilan kelişgan holda 31 iyul kuni 144 nafar özbekistonlik Rossiyaning Amur viloyatidagi gazni qayta işlaş zavodi qurilişida işlaş uçun charter reys bilan uçib ketdi.
Ta'kidlanişiça, mazkur fuqarolar 14 kunlik karantindan söng belgilangan epidemiologik talablar va karantin çeklovlariga rioya qilgan holda quriliş obektlarida iş boşlaydi.

Qöşimça qilinişiça, iyun oyida 33 nafar Özbekiston fuqarosi yirik quriliş obektlarida işlaş uçun Qozoğistonning Şarqiy Qozoğiston viloyatiga taşkillaştirilgan holda jönatilgandi.
«Yölni oçinglar, Rossiyaga ketaylik!» – özbekistonlik mehnat muhojiri işini yöqotişdan xavotirda











