Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 14 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jiddiy jarohatlangan.
Hindistonda Air India Express aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi. Samolyot Dubaydan Kojikode shahriga uchib kelgandi. U qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va bo‘linib ketgan.
Samolyot bortida 195 kishi bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 14 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jiddiy jarohatlangan. Halokat sodir bo‘lgan Kerala shtatida bir necha kundan beri jala quymoqda.
Halokat ho‘l uchish-qo‘nish yo‘lagiga qo‘nish chog‘ida sodir bo‘lgan.
Dubaydan Kojikodega uchib kelgan layner ikkiga bo‘linib ketgan.
14 kishi, jumladan, bir uchuvchi halok bo‘lgan.
Ikkinchi uchuvchi og‘ir ahvolda, yana 14 kishi jiddiy jarohatlangan.
Bortda jami 195 kishi, xususan, o‘n nafar bola bo‘lgan.
Halokat joyida qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
20:57 / 02.07.2026