O‘zbekiston MDH Tarmoq universitetining ta'sis etilishi va faoliyati to‘g‘risidagi bitimni tasdiqlaydi
O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlashi kutilyapti.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e'lon qilindi.
2020 yil 29 may kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tarmoq universitetining ta'sis etilishi va faoliyati to‘g‘risidagi bitim tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuqorida ko‘rsatilgan xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun O‘zbekiston Respublikasi tomonidan zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan vakolatli organ haqidagi tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan o‘rnatilgan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
14:04 / 08.11.2024
MDH davlatlari 2030 yilgacha harbiy hamkorlik konsepsiyasini ishlab chiqadi
16:41 / 03.11.2024
O‘zbekiston rus tili bo‘yicha xalqaro tashkilot tuzish to‘g‘risidagi shartnomaga qo‘shildi
14:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri MDH bosh kotibi bilan uchrashdi
20:38 / 30.10.2024