Jahon | 00:34 / 16.08.2020
23463
2 daqiqa o‘qiladi

KXShT qanday hollarda Belarusga harbiy yordam berilishi mumkinligini ma'lum qildi

Foto: Sputnik

Avvalroq Aleksandr Lukashenko Vladimir Putin bilan Belarus xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kelishib olganini, bu Ittifoq davlati va KXShT doirasida amalga oshirilishini aytgandi.

Agarda tashqi xavf tahdid soladigan bo‘lsa, Belarus Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin. Bu haqda KXShT matbuot kotibi Vladimir Zaynetdinov ma'lum qildi.

"Belarus mudofaasiga tashqi xavf tahdid solgan hollarda u kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomaning 4-moddasiga ko‘ra yordam so‘rab murojaat qilishi mumkin", - dedi u.

Avvalroq Lukashenko Putin bilan Belarus xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kelishib olganini aytgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya birinchi so‘rovdayoq Belarusga xavfsizlikni ta'minlashda yordam beradi. Lukashenko bu Ittifoq davlati va KXShT doirasida amalga oshirilishini ta'kidlagan.

9 avgust kuni respublikada bo‘lib o‘tgan prezident saylovlaridan keyin aholi ommaviy norozilik namoyishlariga chiqa boshladi. Dastlabki kunlarda namoyishchilar kuchishlatar tuzilmalarning qattiq qarshiligiga duch keldi. Namoyishchilarga qarshi yengil granatalar, rezina o‘qlar, suv to‘plari ishlatildi va o‘qotar qurollardan foydalanildi. Bir necha kun ichida 7000dan ortiq odam qo‘lga olindi. Izolyatorlar va militsiya bo‘limlarida bo‘lganlarning so‘ziga ko‘ra, kuchishlatar xodimlar qo‘lga olinganlarni kaltaklashgan. Belarus IIV bu ayblovlarni rad etmoqda. 13 avgustdan boshlab respublika aholisi tinchlik aksiyalariga «birdamlik halqasi» shaklida chiqa boshladi.

Mavzuga oid