Internet yaxşilik yoki yomonlik emas, bir vositadir. Xuddi piçoq kabi. Piçoq bilan odam öldiriş mumkin, qovun kesiş ham mumkin. Agar piçoq taqiqlansa, odamni toş bilan urib öldirişadi. Ammo qovunni ham toş bilan urib yorişadi. Ya’ni, odam sivilizatsiyani taqiqlagan sari, ğorga qarab kirib boraveradi.
Haq olinur, berilmas. Söz erkinligi aslida, insonning tuğilişidan unga Xudo tomonidan berilgan huquq bölsa-da, uning amal qilinişi uçun insoniyat yillar davomida kuraşdi, ya’ni bu huquq ham qaysidir ma’noda sivilizatsiyadir. Bir paytlar Galileyni yer aylanişi haqidagi fikridan voz keçişga majbur qilişgan, bir paytlar inson bir sözi uçun jazolanişi, öldirilişi mumkin edi. Bunday holatlar tomon qadam taşlaş, nafaqat öşa matbuot, söz erkinligini, balki butun rivojlanişning ham oyoğiga bolta uradi.
Bu mavzular haqida alohida tuşuntiriş davri allaqaçon ötgan. Zero, prezident Şavkat Mirziyoyev boşqaruvga kelgan ilk yillaridanoq birinçi navbatda söz va matbuot erkinligi, jurnalistika, blogerlik, jamoatçilik nazorati haqida juda köp bora çiqiş qildi. Söz erkinligisiz boşqa sohalarda ham rivojlaniş bölmasligi uqtirib kelinadi.
Ammo bu çaqiriqlarni eşitmaslikka oladigan yoki teskari tuşunib, saytlar yoki jurnalistlarga duşmandek qaraydigan, ular olib çiqayotgan mavzularni salbiy baholab kelayotganlar ham yöq emas. Xususan, bunday qaraşlarni biz, şunçaki, tanqidçilarga qarşi fikriy kuraşlarda yoki bayonotlarda, trollar fabrikasini işga solişda emas, texnik aralaşuvlarda ham köryapmizki, bu vaziyat jiddiy ekanini körsatadi.
Masalan, sönggi kunlarda Facebook ijtimoiy tarmoği köngildagidek işlamayapti, bu haqida juda köp şikoyatlar bor — jamiyatdagi muammolar va ularning yeçimlari eng köp kötariladigan, jamoatçilik nazorati eng faol tarzda örnatilgan ijtimoiy tarmoqning Özbekistonda yaxşi işlamayotganiga hali ham aniq izoh yöq. Yoki yaqinda Komil Allamjonov tomonidan e’tibor qaratilgan mavzu — ba’zi faol blogerlarning Telegram akkauntlarini buzişga uriniş holatlari, bu ham alohida e’tiborga arziydigan tahdidlarning bir körinişidir.
Bundan taşqari, erkin matbuot, tanqidiy çiqişlarning ayniqsa, pandemiya yoki Sardoba fojiasi davrida zararli ekani haqidagi qaraşlar ham avj olib, erkin blogerlarni çeklaşga uriniş holatlari, matbuotçilarni göyoki uydirmaçi, haypga öç, şov-şuv ketidan quvadigan axloqsiz şaxsiyatlar sifatida körsatiş holatlari ham paydo böldi.
Söz erkinligi davlat boşqaruviga xalaqit beradimi yoki yordam?
Joylardagi matbuotning xolis işlaşi va axborot tarqatişi boşqaruvning sifatli, mas’uliyatli bölişiga olib kelişi şubhasiz. Agar erkin matbuot bölmasa, davlatda har bir soha böyiça alohida muqobil axborot paydo böladi. Bu axborot xolis insonlar tomonidan qilinmagaç, tabiiyki, u yoki bu ma’lumotning berilişidan manfaatdor qatlam bu işni öz zimmasiga oladi. Bu yolğon hisobotlar şaklida ham yoki joylardagi rahbarlarning «çöntak jurnalistlari» yordamida ham amalga oşirilişi mumkin. Közböyamaçilik, yöq yutuqlarni körsatişga uriniş, ayblarni xaspöşlaş avj oladi. Yuqoridagilar oldida topşiriqlar bajarilayotgani, xalqning rozi ekani haqida turli illyuziyalar paydo böladi. Qarorlar va qonunlar çiqarişda xalqning kayfiyati, istaklari, ehtiyojlari aks etmaslik holatlari köpayadi.
Mavzuga oid
Öz navbatida, xalq ham yuqorida öz istaklari, ehtiyojlarini körmagaç, örtada jarlik hosil böladi. Işonçsizlik avj oladi. Rahbarlar xalq oldidagi mas’uliyatini unutgandek, odamlar ham davlat oldidagi mas’uliyatni unuta boşlaydi.
Demak, agar kim erkin matbuotni yomon körsa, unga qarşi kuraşsa, biliş mumkinki, u öziga yuklangan mas’uliyatni tan olmaydi, öşa mas’uliyat asosida, atrofdagilarning nazorati ostida işlaşni yomon köradi. Öz özidan bunday rahbarlar topşirilgan amalga nomunosib böladilar.
Axir ma’lum bir hududdagi kamçiliklar va yutuqlar haqida eng töğri ma’lumot aynan erkin matbuot tomonidan olib çiqiladi. Rahbarlar buning yordamida kim qanday işlayotganini bilişlari, aholini aynan nimalar qiynayotgani haqida aniq axborotni olişlari va tezkor yeçimlarni berişlari mumkin.
Erkin matbuot çet elliklar oldida bizni şarmanda qiladimi?
Bu ham keng tarqalgan afsonalardan, göyoki, agar yurtimizdagi kamçiliklar haqida qançalik köp gapirilsa va bu internetga çiqsa, çet elliklar öqib, Özbekiston haqida yomon taassurotga ega bölarmiş...
Aksinça, biz doim AQŞ yoki Yevropada sodir böladigan salbiy voqealar, rahbarlarning xatolari, noroziliklar haqida öqiymiz, tomoşa qilamiz. Lekin bu bilan bizda öşa mamlakatlarga nisbatan salbiy munosabat şakllanadimi? Aksinça, u yerdagi söz erkinligi, prezidentdan tortib, har qanday amaldor tanqid ostiga olinişi, javobgarlikka tortilişi havasimizni keltiradi.
Ya’ni bir davlat haqida, öşa davlat içkarisida salbiy axborotlar, tanqidlarning köp bölişi, öşa mamlakatda söz erkinligiga amal qilinayotganini körsatadi. Söz erkinligiga amal qilinyaptimi, demak, muammolar oçiq tilga olinadi; oçiq tilga olinadimi, demak, ularni hal qiliş yölida ham nimadir qilinadi.
Içki axborot ehtiyojimizni turli soxta yaxşi xabarlar, maqtovlar bilan töldirişimiz, boşqasini çeklaşimiz mumkin, ammo bu bilan çet elliklar oldida obröyimiz oşib qolmaydi. Aksinça, erkinlikka boğliq turli reytinglarda sönggi örinlarni band etib, qandaydir mujmal, mavhum, qörqinçli taassurot qoldirib yuraveramiz.
Muammo haqida gapirmaslik bilan axborot bozorini qondiriş mumkinmi?
Bundan taşqari, hozir şunday zamonki, texnologik rivojlanişlar tufayli, har bir şaxs axborot yaratuvçi bölib imkoniyatiga ega. Oddiy qöl telefonidan olingan bir video yoki audio bir zumda dunyoning narigi çekkasiga borişi, bir axborot oz ötmay, çet el saytlari jurnalistlari ixtiyoriga ötib qolişi mumkin.
Ya’ni, söz erkinligini qisman çeklaşning iloji yöq, içkaridagi matbuot yoki blogerlarni har qança qisgan bilan, öşa axborot «Ozodlik» va şunga öxşagan çet el saytlari qöliga yetib boradi. Bir narsani tan oliş kerakki, ma’lum bir axborot özimizning saytlarda boşqaçaroq, qaysidir ma’noda vaziyat har tomonlama örganilib, mojaro taraflariga söz berilgan holda imkon qadar xolisanillo, çet el naşrlarida esa, aksinça, bir tomonlama va köpinça qora böyoqlar bilan aks ettiriladi. Xöş, içki matbuotni çeklasak, xalqimizga yoki çet eldagi hamkorlarimizga «yomonroq» axborot yetib borişiga sababçi bölib qolmaymizmi?
Ikkinçidan, Özbekistonda faoliyat körsatayotgan saytlar yoki naşrlarda voqeani joyida örganiş imkoniyati bor, kerakli axborotni oliş akkreditatsiyasiga ega, turli manfaatdorlarning fikrlarini olgan holda, nisbatan xolis material tayyorlay oladi. Biz ularni bu imkoniyatini tortib olsak, aynan öşa voqea haqida yolğon axborotlarning tarqab ketişiga, keyin har yerda raddiya berişga majbur bölib qolmaymizmi?
Törtinçi hokimiyat – eng muhim halqa
Jurnalistika haqida gap ketganida, uning törtinçi hokimiyat ekani aytiladi va agar yuqoridagi uç hokimiyat öz vazifasini bajarmasa, törtinçi hokimiyat tanazzulga yöl tutadi, deyiladi. Şu bilan birga, agar törtinçi hokimiyat erkin bölmasa, yuqoridagi uç hokimiyatga ham putur yetişi ham bor gap.
Albatta, bu sohada har ikki tomonlama qadamlar taşlanayotganini, sönggi yillardagi ba’zi ziddiyatlar örtaliq sifatida har ikki tomonga ham mas’uliyat yuklayotganini aytiş mumkin. Masalan, ikki yil oldin odamlarni ariqqa tuşirib qöygan amaldor bugun blogerga intervyu beryapti. Oğzidan sökiniş sözlari tuşmaydigan boşqasi matbuotga çiqib, qaysi badiiy asarlarni öqişi haqida aytib beryapti. Albatta, bu işlar bilan odamlarning özgarib qolganini, eskiça boşqaruv tarzi butunlay barham topganini aytib bölmaydi, ammo aynan erkin matbuot tufayli, amaldorlarda yaxşi imij yaratiş, heç bölmasa, boşqalar oldida özini munosib tutiş ehtiyoji paydo bölyapti.
Matbuotga erkinlik berilişining keyingi qadami, u yerda tilga olinayotgan har bir axborot yoki iddaoning huquqiy ta’minlanişidir. Ya’ni, u yoki bu matbuotda qaysidir bir jinoiy yoki ma’muriy alomatlarning mavjud bölişi avtomatik ravişda uşbu yönalişdagi tizimni işga tuşirişi va tekşiruv, haqiqatni aniqlaş va javobgarlikni paydo qilişi kerak böladi.
Afsuski, hali biz bu darajaga yetib kelmadik. Ma’lum iddaolar yoki ma’lumotlar, ba’zida ba’zi amaldorlarning ma’muriy, hatto ba’zida jinoiy javobgarlikka tortilişi kerak bölgan harakatlari oşkor bölsa-da, qaçonki, ijtimoiy tarmoqlarda haddan taşqari köp darajada portlaşi yoki yuqoridan irodani namoyiş etilişi bilan qandaydir yakuniga yetyapti, xolos.
Senzura davlatga foyda keltirişi mumkinmi?
Lenin boşçiligidagi bolşeviklar to inqilobni amalga oşirgunça, erkin matbuot şakllaridan turliça foydalanişgan, gazetalar çop etişgan, hukumatni tanqid qilişgan va hokazo. Ammo bolşeviklar mamlakat tepasiga kelgaç, atigi ikki yil ötib, matbuotni çeklovçi Dekretga imzo çekilgan. Unga köra, mamlakat hali yoş ekani tufayli, çet ellardan turli axborot xurujlarining oldini oliş, fitnalarga qarşi kuraşiş maqsadida, bolşevik ğoyalarni tarğib qilmaydigan naşrlar taqiqlangan. Öşanda Lenin jurnalistlarga bu vaqtinçalik çeklov ekani, yangi tartib örnatilib, davlat yölga tuşib olgaç, barçasiga ruxsat berilişiga va’da bergan bölsa-da, unday bölib çiqmadi, yetmiş yil tillarda doston bölgan buyuk sovet senzurasiga şu tariqa poydevor qöyildi.
Tanlov huquqi bu bir mas’uliyatdir. Insonning u yoki bu yöldan, u yoki bu fikrdan birining tanlaş imkoniyatiga ega bölişi, uning xato qiliş huquqi mas’uliyat tuyğusini paydo qiladi. Aynan mas’uliyat bor joyda yangi fikrlar, yangi ğoyalar tuğiladi, boqimandalik kayfiyatidan qutuliş mumkin böladi.
Senzurani davlat, ya’ni jamiyat foydasi uçun işlatiş degani esa, göyoki, u yoki bu mavzuda haqiqatni men bilaman, boşqa fikrlar zararli, deb iddao qilişga öxşaydi. Bu avval boşqalarning fikrlaşdan qörqa boşlaşiga, keyinçalik esa, umuman, fikrlamay qöyişiga sabab böladi. Fikrlamaydigan jamiyatni boşqariş osondir, ammo heç qayerga borib bölmaydi.
Fikrlamaydigan jamiyat yaşaşi mumkin, ammo uning hayvondan farqi bölmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi