Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Huawei’ga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi
AQSh Huawei kompaniyasini Xitoy harbiylari va razvedkasi bilan hamkorlik qilishda ayblagan.
AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Xitoyning Huawei kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kengaytirilganini ma'lum qildi.
Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh moliya vazirligi Huawei’ning yana 38ta sho‘'ba korxonasini "qora ro‘yxat"ga kiritgan.
"Bugun hukumatimiz AQSh milliy xavfsizligi, fuqarolarimizning shaxsiy hayoti va 5G tarmoqlarimizni Pekinning zararli ta'siridan himoya qilish uchun navbatdagi choralarni qabul qildi", - deyiladi Mayk Pompeoning bayonotida.
AQSh Huawei kompaniyasini Xitoy harbiylari va razvedkasi bilan hamkorlik qilishda ayblab keladi.
Xitoy kompaniyasi esa bu ayblovlar asossizligi va siyosiy tusga ega ekanligini ta'kidlamoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:50 / 11.07.2026
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
11:07 / 10.07.2026