Sönggi kunlarda Belarusda sodir bölayotgan voqealar ortidan Yevropa Itttifoqi rasmiylari bu davlatga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy qilişni rejalaştirmoqda. TUT.BY portali Yevroittifoq iqtisodiy sanksiyalar joriy qiladigan bölsa, Belarus nimalar yöqotişi mumkinligini tahlil qildi.

Yevropa Ittifoqi rasmiylari, öz aholisiga tinç namoyişlar uçun keskin çoralar qöllayotgan Belarusga qarşi iqtisodiy sanksiyalar qöllaşni rejalaştiryapti. S&P xalqaro reyting agentligining ta'kidlaşiça, agar Yevroittifoq tomonidan Belarusga qarşi iqtisodiy sanksiyalar qöllansa, bu mamlakat iqtisodiy ösişi keskin pasayadi va sarmoyadorlarning işonçi yöqoladi. Xöş, Ğarb tomonidan sanksiyalar qöllansa, Belarus qanday yöqotişlarga uçraydi?

Kreditlar

Belarus avval ham bir neça bor Ğarb sanksiyalariga duç kelgan. Biroq sönggi yillarda rasmiy Minsk Yevropa Ittifoqi bilan ijobiy muloqot örnata oldi va iqtisodiy tarafdan Ğarb mamlakatlarining qöllab-quvvatlaşiga erişdi. Natijada 2019 yil Belarus iqtisodiyotning xususiy sektorlaridagi loyihalarni moliyalaştirişga Ğarb banklari köplab sarmoyalar kiritdi.

2019 yilda Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki Belarusdagi 24ta loyihaga 390 million yevrodan ortiq mablağ sarfladi. Taqqoslaş uçun, 2018 yil uşbu bank Belarusga bor yöği 30 million yevro ajratgandi. Bank tomonidan ajratilgan mablağning eng katta qismi - 126 million yevro Belarusdagi 12ta köprikni rekonstruksiya qiliş uçun ajratildi.

Bundan taşqari, YeTTB Belarusning turli şaharlarida suv ta'minoti tizimini modernizatsiya qiliş uçun 42 million yevrodan oşiqroq mablağ ajratdi. Rasmiylar yaqin kelajakda YeTTB Belarus iqtisodiyotiga har yili 500 million yevrogaça sarmoya kiritişi mumkinligiga umid qila boşlaşgandi.

2019 yilda Yevropa investitsiya banki Belarusdagi investitsiya portfelini 550 million yevrogaça oşirdi. Ta'kidlaş joizki, Yevroittifoqning asosiy banki Belarus bilan de-fakto faqat 2018 yildan hamkorlik qila boşladi. Öşa yili bank Belarusga 168 million yevro ajratgan edi. Uşbu mablağ M7/Ye28 Minsk-Oşmyan-Kamenniy Log (Litva çegarasi) avtomobil yölini rekonstruksiya qiliş, suv ta'minoti obektlarini modernizatsiya qiliş va uy-joy kommunal xöjaligidagi islohotlarni qöllab-quvvatlaş, şuningdek, kiçik hamda örta biznes loyihalarini moliyalaştiriş uçun sarflandi.

Bundan taşqari, YeIB Belarus bilan energiyadan barqaror foydalanişni kengaytiriş loyihasini moliyalaştiriş uçun 100 million yevro miqdorida şartnoma imzoladi. Uşbu loyihani amalga oşiriş uçun YeIBdan taşqari, Jahon banki (taxminan 100 million dollar) va Global ekologik jamğarmasi (3,65 million dollar) ham kreditlar ajratdi. Loyihaning umumiy budjeti 202 million dollardan oşadi.

2019 yilda Jahon banki Belarusga qariyb 300 million dollar ajratdi. Energiyadan foydalaniş böyiça yuqorida aytib ötilgan loyihadan taşqari, mablağlar ta'lim va uy-joy kommunal xöjaligini rivojlantirişga ham yönaltirildi.

2020 yil mart oyida Belarus hukumati va mamlakat Milliy banki koronavirus pandemiyasiga qarşi kuraşiş uçun Xalqaro valuta fondiga moliyaviy yordam sörab murojaat qildi. Bu zudlik bilan moliyalaştirilişi lozim bölgan mablağ edi. Belarus XVFning teng huquqli a'zosi sifatida taşkilotdan qariyb bir milliard dollar miqdoridagi mablağni yordam sifatida oliş huquqiga ega edi. Ammo 19 iyun kuni Aleksandr Lukaşenko Belarus XVFning kredit beriş uçun «karantin çeklovlari va lozim bölganda komendantlik soatlarini joriy qiliş» talabini bajarmasligini ma'lum qildi. Şundan söng, bu masaladagi muzokaralar boşi berk köçaga kirib qoldi.

Umuman olganda, Yevroittifoq tomonidan joriy qilinadigan iqtisodiy sanksiyalar Belarusga kirib kelayotgan sarmoyalar va turli kreditlarning yölini yopib qöyadi.

Savdo

Belarus va Ğarb örtasidagi iqtisodiy aloqalar faqat sarmoya kiritişdan iborat emas. Sönggi yillarda bu davlat Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar bilan özaro savdo-sotiqni ança kuçaytirdi. Bugun Yevropa Ittifoqi Belarusning Rossiyadan keyingi eng yirik savdo hamkori hisoblanadi va mamlakat taşqi savdosining uçdan bir qismi Yevroittifoq davlatlari hissasiga töğri keladi. Şu bilan birga, Yevropa Ittifoqi bozori Belarus mahsulotlarining eng muhim eksport yönalişi hisoblanadi.

2008 yilda Belarus va Yevropa Ittifoqi örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 23 milliard dollarni taşkil etgandi. Şundan 14,4 milliard dollar Belarus eksportiga, 8,6 milliard dollar Belarus importiga töğri kelgan. Bu juda yaxşi körsatkiç. 2009-2010 yillarda global iqtisodiy inqiroz tufayli Belarus va Yevroittifoq örtasidagi savdo hajmi 30 foizga kamayib ketadi. 2012 yilga kelib vaziyat ança barqarorlaşdi va Belarusning Yevropa Ittifoqi bilan savdo hajmi 2007 yildagi eng yuqori körsatkiçni takrorladi hamda 26,9 milliard dollarga yetdi. Xususan, eksport 17,6 milliard dollargaça ösdi. Ammo keyinçalik yana özaro savdo hajmi pasayib borib, 2019 yilda Belarus va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari örtasidagi savdo hajmi 15,5 milliard dollarni taşkil etdi. Bunda Belarus eksporti qariyb 8,4 milliard dollargaça kamaydi.

Agar Belarus Ğarbning iqtisodiy sanksiyalariga uçrasa, mamlakatning Yevroittifoq bilan özaro savdo körsatkiçlari hajmi butunlay pasayib ketadi.

Belarusning Yevropa Ittifoqidagi asosiy savdo şeriklari

Belarusning Yevroittifoqdagi asosiy savdo şeriklari – Germaniya, Polşa, Litva, Latviya, Niderlandiya va Buyuk Britaniya hisoblanadi.

Belarus Yevropa Ittifoqiga asosan neft, yoqilği, neft-kimyo, metallurgiya va yoğoçni qayta işlaş zavodlarining mahsulotlari, oziq-ovqat, avtoulov uskunalari hamda töqimaçilik mahsulotlarini yetkazib beradi.

Yevropa Ittifoqi davlatlari esa Belarusga, birinçi navbatda, maşinalar va texnologik uskunalar sotadi.

Rasmiy Minsk Belarus tovarlarini Yevropaga yetkazib berişni köpaytirmoqçi bölyapti. Biroq, texnik reglamentlar va tarif tösiqlari bunday imkoniyatlarni keskin çeklaydi. Ularni olib taşlaş uçun mamlakat Yevropa Ittifoqiga a'zo bölişi yoki u bilan assotsiatsiya bitimini imzolaşi kerak böladi. Rasmiy Minsk Yevropa Ittifoqi bilan unday kelişuvlarni imzolamagan va hozirça bu masala kun tartibida ham yöq. Belarus faqat Rossiya boşliq Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining a'zosi hisoblanadi. Bu ittifoq a'zolarida esa Belarusdan Yevropa Ittifoqi mamlakatlari  kabi mahsulot sotib olişmaydi.

Yevropa Ittifoqi Belarusga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar joriy qilsa, unda Ğarb davlatlari bilan özaro savdo körsatkiçlari yanada pasayib ketadi. Gap şundaki, Belarus zavodlarining Yevroittifoqdagi raqobatçilari siyosiy vaziyatdan foydalanib bu mamlakatdan Yevropa Ittifoqiga olib kirilayotgan mahsulotlarga qöşimça boj yoki boşqa çeklovlar joriy qildirişi mumkin. Agar bu iş sodir bölsa, Belarusdagi kam foyda bilan işlaydigan korxonalar sezilarli yöqotişlarga uçraydi. Öz navbatida, sanksiyalar vaqtida boşqa biror mamlakat bozorda Belarusning örnini egallamasligiga ham heç kim kafolat bermaydi.

Belarusning Jahon savdo taşkilotiga a'zo bölib kiriş jarayoni sönggi bosqiçga yetib kelgan. Bu yölda AQŞ va Yevroittifoq bilan bir qator pozitsiyalarni muvofiqlaştiriş qolgan, xolos. Bugun mamlakatda sodir bölayotgan siyosiy inqiroz muzokaralar jarayonining ijobiy yakunlanişiga hissa qöşmasligi aniq. Şunday ekan, agar Yevroittifoq tomonidan iqtisodiy sanksiyalar joriy qilinsa, Belarus JSTdan yana noma'lum muddatga çetda qolişiga töğri keladi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotining rivojlanişi uçun jiddiy tösiq paydo qilişi mumkin.