Jamiyat | 13:34 / 18.08.2020
64398
3 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

YTH yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Joriy yilning 17 avgust kuni soat 16:00larda, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani “G‘ur-G‘ur” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 “Termiz-Jarqo‘rg‘on” avtomobil yo‘lining 1591-kilometrida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, 1990 y.t. U.A. Cobalt rusumli transport vositasida quvib o‘tish qoidalarini buzib, boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida qarshisidan kelayotgan haydovchi, 1993 y.t. S.N. boshqaruvidagi Spark rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, YTH sodir etgan.

YTH natijasida, Spark rusumli transport vositasi haydovchisi, 27 yoshli S.N. va ushbu avtomobil yo‘lovchisi, 30 yoshli M.T. hamda Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 31 yoshli S.Sh. va 2020 yil iyun oyida tug‘ilgan 2 oylik M.A. voqea joyida vafot etishgan.

Shuningdek, Spark rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 26 yoshli G.X. va Cobalt rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 5 yashar M.A. og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etishgan.

Spark rusumli avtomobil yo‘lovchilari, 30 yoshli N.X., 23 yoshli A.E., Cobalt rusumli avtomobil haydovchisi, 30 yoshli U.A. va ushbu avtomobil yo‘lovchilari, 1 yoshli A.U., 23 yoshli M.R. hamda R.I. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘llarda harakatlanganda qoidalarga amal qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid