Eshitishda nuqsoni bo‘lgan 30 nafar bolaga xayriya aksiyasida bepul eshitish moslamalari taqdim etildi
19 avgust kuni Toshkent shahridagi Diagnostika va reabilitatsiya markazida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarga eshitish moslamalarini tarqatish aksiyasi tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Aksiya doirasida kam ta'minlangan oilalardagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan 30 nafar bolaga eshitish moslamalari bepul taqdim etilmoqda.
Aksiya Isroilning O‘zbekistondagi elchixonasi, «Medel Aziya Servis» tibbiyot markazi va Smartgov.consulting kompaniyasi ijrochi direktori Aziza Umarova tomonidan tashkil etilgan.
Eshitish moslamalarining 10 donasi Toshkent shahriga, qolgan 20tasi viloyatlarga tarqatiladi.
«Eshitish moslamalarilarning qolgan 20donasi bolalarga viloyatdagi filiallarimiz orqali yetkaziladi. Yomon eshitadigan yoki umuman eshitmaydigan bolalarning 50 foizi tug‘ma bo‘lib, bu yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh sababli paydo bo‘ladi. Aynan shu sabab tufayli vodiy, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida eshitishda tug‘ma nuqson bilan tug‘ilish juda ko‘p uchraydi.
Bolaning yaxshi eshitmasligi – noto‘g‘ri foydalanilgan antibiotiklar, yuqumli kasallik, masalan gripp kabilarning asorati ham bo‘lishi mumkin», – dedi Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliyot markazining bosh shifokori Abdumannon Abduqayumov.
Bosh shifokorga ko‘ra, ushbu moslamadan foydalanish uchun bolalar tekshiruvlardan utkazilgan va kam ta'minlangan oilalardan tanlab olingan bolalarga takdim etilgan.
Koxlear implantatsiya operatsiyasi utkazish uchun bolalar 3 bosqichli ko‘rikdan o‘tishlari kerak. Dastlab eshitishda muammosi bo‘lgan bolalarni mahalliy shifokorlar tekshirib, yo‘llanma asosida markazga yuboradi. Bu yerda bolalar chuqur tekshirilib, 5 yoshgacha bo‘lganlari operatsiya uchun navbatda turadi. Operatsiyadan so‘ng bolalarga reabilitatsiya jarayonidan utadilar. Koxlear implantatsiya operatsiyasi davlat hisobidan 5 yeshgacha bolalarga bepul utkaziladi.
Bir dona eshitish moslamalari narxi 3 million so‘mdan ziyodroqqa to‘g‘ri keladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliyot markazi O‘zbekiston bo‘ylab bolalarga yordam berib kelmoqda, markaz turli xildagi eshitish muammolarini davolash bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, bu yerda mutaxasssis surdopedagog va audiologlar ham tayyorlanadi.
Mavzuga oid
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
07:10 / 03.08.2024
Rolls-Royce har bir xodimiga 700 funt sterling qiymatidagi aksiyalarni beradi
07:29 / 08.07.2024
Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vaqtincha yopiladi
10:48 / 06.07.2024