Jahon | 20:13 / 19.08.2020
9924
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeff Bezosning boyligi bir kunda 7 mlrd dollarga ko‘payib, rekord miqdorga yetdi

Jyeff Bezosning boyligi miqdori 197,8 mlrd dollarga yetdi.

Foto: Getty Images

Seshanba kungi birja savdolari yakuniga ko‘ra Amazon bosh direktori Jyeff Bezosning boyligi  7,2 mlrd dollarga ko‘paydi. Bundan Forbes Real-TIme reytingi ma'lumotlari darak bermoqda.

Bezosning boyligi miqdori 3,79 foizga ko‘paydi va 197,8 mlrd dollarga yetdi.

Bu Forbes USA jurnali milliarderlarning boyligini hisoblashni boshlaganidan buyon o‘tgan 40 yil davomidagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Bezosning boyligi Amazon aksiyalari narxi oshishi evaziga o‘sdi. Kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi 130,08 dollarga oshib, 3312,49 dollarni tashkil etdi. Amazon aksiyalarining 11,1 foizi Jyeff Bezosga tegishli.

Uning boyligi yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin edi, ammo Bezos joriy yilda o‘z ulushining bir qismini kamida ikki marta  sotdi. U fevralda 4 mlrd, avgust boshida 3,1 mlrd dollarlik aksiyalarini sotdi, 14 avgustda esa 9,3 mln dollarlik aksiyalarini noma'lum notijorat tashkilotiga berdi.

Mavzuga oid