Lukashenko mudofaa vazirligiga NATO qo‘shinlari harakatini kuzatishni buyurdi
Belarus prezidenti "albatta chora ko‘rish va NATO qo‘shinlarining harakat yo‘nalishiga qurolli kuchlar va texnikani olib chiqishdan uyalmaslik kerak"ligini ta'kidladi.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko xavfsizlik kengashi yig‘ilishida mudofaa vazirligiga NATOning Polsha va Litvadagi qo‘shinlari harakatini kuzatish topshirig‘ini berdi.
"Mudofaa vazirligi NATOning Polsha va Litva hududlaridagi qo‘shinlari harakatiga alohida e'tibor qaratishiga to‘g‘ri keladi. Biz ularning harakat yo‘nalishi va maqsadini kuzatishimiz lozim. Bu bizni unchalik tashvishlantirmaydi, ammo ayniqsa, Grodno yo‘nalishi bo‘yicha ayrim faktlar, o‘ylashga majbur qilmoqda", - deya Lukashenkodan iqtibos keltirmoqda Sputnik Belarus.
U "albatta chora ko‘rish va ularning harakat yo‘nalishiga qurolli kuchlar va texnikani olib chiqishdan uyalmaslik kerak"ligini ta'kidladi.
"Belarus bilan chegarada g‘ildirak g‘ildiratish, o‘quv mashg‘uloti o‘tkazish besamar ish. Ular buni tushunishlari shart va biror nima sodir bo‘lsa, buning uchun javob berishadi", - dedi Lukashenko.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
20:49 / 11.11.2024
Belarus rasman BRIKS bo‘yicha sherik davlat maqomini oldi
01:18 / 10.11.2024