Jahon | 16:09 / 19.08.2020
5442
1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiya "josuslik mojarosi" sababli Rossiya diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishini ma'lum qildi

Avvalroq Norvegiya politsiyasi xavfsizlik xizmati (PST) "rossiyalik razvedkachi"ga davlat sirini bergan 50 yoshli shaxs qo‘lga olinganini ma'lum qilgandi.

Foto: norway.mid.ru

Norvegiya fuqarosi josuslikda gumonlanganligi sababli rossiyalik diplomat Norvegiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda Norvegiya TIVga tayanib En-er-ko telekompaniyasi xabar berdi.

"Biz Rossiya elchixonasi xodimi persona non grata ekanligini va uning Norvegiyani tark etishi so‘ralganini ma'lum qilamiz. Chunki u diplomatlik maqomiga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlarni amalga oshirgan", - deyiladi mamlakat TIV bayonotida.

Avvalroq Norvegiya politsiyasi xavfsizlik xizmati (PST) "rossiyalik razvedkachi"ga davlat sirini bergan 50 yoshli shaxs qo‘lga olinganini ma'lum qilgandi. Qayd etilishicha, u15 avgust kuni Oslo shahrida qo‘lga olingan.

Ushbu shaxs xorijiy davlatga "Norvegiya manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan" axborotni taqdim etishda ayblanmoqda.

Xabar qilinishicha, josuslikda gumonlanayotgan shaxs suvosti quvurlarini sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi DNV GL kompaniyasining yetakchi xodimi bo‘lgan.

Mavzuga oid