Chorvoqqa G‘azalkentni aylanib o‘tib olib boruvchi yo‘l tashkil etilmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa borib kelishda G‘azalkent shahriga kirmasdan o‘tib ketish imkoniyati yaratiladi, deb ma'lum qildi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Faxriddin Davrukov.
«Ma'lumki, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Hojikent sihatgohi yonidan o‘tgan yo‘lning torligi sabab u yerda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston hukumati tomonidan shu yo‘lni kengaytirish ishlari olib borilmoqda.
Shu bilan birga, sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida Chorvoq turistik zonasiga G‘azalkent shahrini aylanib o‘tib olib boruvchi yo‘l tashkil qilinmoqda. Bunda yo‘lovchilarga G‘azalkent shahriga kirmasdan o‘tib ketish imkoniyati yaratiladi.
Bundan tashqari, sayyohlarning Chorvoq, Chimyon va Amirsoy hududiga chiqib ketish yo‘lida hosil bo‘layotgan tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida G‘azalkent shahridagi ko‘prik ham zamonaviy talablar asosida qayta ta'mirlanib ishga tushirildi», – deya Davkurovning so‘zlarini keltirmoqda qo‘mita axborot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, may oyida Toshkentda ilk uch qavatli yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazilgan, loyiha «Toshkent-Chimyon» yo‘nalishi bo‘yicha masofani 22 kilometrga qisqartirishi ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
15:54 / 07.11.2024
Chorvoqdagi ikki kishi halok bo‘lgan baxtsiz hodisada katamaranga urilgan gidrosiklni boshqargan yigit qamaldi
18:10 / 04.11.2024
Bo‘stonliqda tog‘ echkisini ovlagan brakoner ushlandi
20:24 / 24.09.2024
Bektemirdan Chorvoqqa boruvchi yo‘lning bir qismi pulli bo‘lishi mumkin
18:27 / 09.09.2024