So‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish taklif qilinmoqda
Markaziy bank tomonidan dizaynerlik tanlovini o‘tkazish orqali O‘zbekiston milliy valutasi - so‘mning grafik ko‘rinishi loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda.
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston milliy valutasi - so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, mamlakatda so‘nggi yillarda barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda milliy valuta bilan Internet saytlarda va turli onlayn do‘konlarda elektron to‘lovlar amalga oshirilmoqda. So‘m tranzaksiyalarda UZS shaklida ko‘rsatiladi. Shuningdek, supermarketlarda va boshqa savdo nuqtalarida ham so‘m to‘liq yoziladi.
“Shu sababli, boshqa mamlakatlar qatori bizda ham so‘mning grafik ko‘rinishini joriy etish kerak. Misol uchun, Qozog‘istonda tenge ₸ ko‘rinishida, Qirg‘izistonda som ⊆ ko‘rinishida, Yevropa Ittifoqida yevro € ko‘rinishida va h.k. So‘mning grafik belgisi joriy qilinsa, matnlarda ham belgilar qisqarib so‘mni yozish qulaylashadi. Peshtaxtalarda narxlar shrifti hajmi kattalashadi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Markaziy bank tomonidan dizaynerlik tanlovini o‘tkazish orqali O‘zbekiston milliy valutasi - so‘mning grafik ko‘rinishi loyihasini ishlab chiqish taklif qilinmoqda.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
18:00 / 03.07.2024
So‘m – 30 yoshda. Milliy valuta qanday sharoitda muomalaga chiqarilgan edi?
08:34 / 16.05.2024