Ekspert koronavirus bilan kasallanganlarda bosh aylanishiga izoh berdi
Bosh aylanishi aslida boshqa kasalliklarga ham xos sindrom hisoblanadi. Mazkur alomat aynan koronavirusga xos emas. Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda shu haqdagi savolga javob berdi.
«Bemorda bosh aylanishi bilan kechadigan kasalliklari mavjud bo‘lgan bo‘lsa, koronavirus o‘sha kasalliklarni kuchaytirgan bo‘lishi mumkin. Bosh aylanishi — qon bosimi, bosh miya qon bosimi va boshqa turli kasalliklarga ham xos xususiyat bo‘lib, bu holatni o‘tkazib yuborish yashirin kechishi mumkin bo‘lgan kasalliklar rivojlanishiga olib keladi. Bemor kasallikdan tuzalgandan so‘ng poliklinikaga chiqib, tor mutaxasisslar va maxsus tekshiruvlardan o‘tishi kerak», dedi u.
Brifingda bolada allergiya kasalligi mavjud bo‘lsa hamda bo‘g‘ilishlar kuzatilsa, bunday bolalarda koronavirus qanday kechishi haqida ham ma'lumot berildi.
«Ilk yoshdagi bolalarda koronavirus kasalligi simptomlarsiz, ulardan kattaroq, ya'ni 12 yoshgacha bo‘lganlarda kasallik kechuvi juda ham yengil kuzatilishi borasida aniq ma'lumotlar mavjud Lekin organizmida yondosh boshqa kasalliklari bo‘lgan bolalarda yoki allergiyasi mavjud bo‘lsa, shuningdek, oddiy shamollash davrida ham bo‘g‘ilish holatlari kuzatilsa, bunday bolalarda koronavirus o‘rta og‘irlikda yoki og‘irroq kechishi mumkin. Allergiya — koronavirus organizmga tushganidan so‘ng, organizmda jarohatlanish va kasallik qo‘zg‘ash xususiyatini kengaytiradi hamda kasallik kechuvini kuchaytiradi», dedi shtab a'zosi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023