Jahon | 20:08 / 22.08.2020
16788
1 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: BMT ulkan miqyosdagi ocharchilik yuz berishidan tashvishlanmoqda

83 mamlakatda pandemiya oqibatlarini yumshatish bo‘yicha gumanitar faoliyatni amalga oshirish uchun yaqin yarim yil davomida 5 mlrd dollar atrofida mablag‘ kerak bo‘ladi.

Foto: EPA

Koronavirus pandemiyasi sababli dunyo ulkan miqyosdagi ocharchilikka ro‘baro‘ kelishi mumkin. Bu haqda BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi (JOOD) rahbari Devid Bisli ma'lum qildi.

Bislining so‘zlariga ko‘ra, mavjud barcha ma'lumotlar, shuningdek, JOODning oziq-ovqat tanqisligiga duch keladigan insonlar sonining 80 foizga o‘sishi to‘g‘risidagi prognozi "haqiqiy halokat sodir bo‘lishini ko‘rsatmoqda".

Uning aytishicha, 83 mamlakatda pandemiya oqibatlarini yumshatish bo‘yicha gumanitar faoliyatni amalga oshirish uchun JOODga yaqin yarim yil davomida 5 mlrd dollar atrofida mablag‘ kerak bo‘ladi.

Tashkilotning ma'lumot berishicha, ayniqsa Lotin Amerikasi, Sharqiy va Markaziy Osiyoda og‘ir vaziyat yuzaga kelmoqda.

BMT tizimiga kiruvchi Jahon oziq-ovqat dasturi 1963 yilda rivojlanayotgan mamlakatlarga oziq-ovqat yordami yetkazish maqsadida tashkil etilgan. JOOD doirasidagi loyihalar bu mamlakatlarning iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashishi lozim.

Mavzuga oid