Isroil BMTning Ğazo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazib beriş uçun yölaklar oçişini e’lon qildi va allaqaçon konteynerlarni paraşyutdan taşlaşni boşladi.
Isroil mudofaa armiyasi xabarida aytilişiça, siyosiy rahbariyat körsatmalariga muvofiq va «Ğazo sektorida qasddan oçarçilik haqidagi yolğon da’volarni rad etiş maqsadida» oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib beriş uçun BMT karvonlarining xavfsiz harakatlanişi uçun gumanitar yölaklar yaratiladi.
Köp ötmay paraşyutda yordam taşlaş qayta boşlandi, deb xabar berdi Reuters agentligiga TSAHAL vakili. Bu haqda armiya bayonotida e’lon qilingan, xususan, «xalqaro taşkilotlar tomonidan taqdim etilgan un, şakar va konservalar solingan yettita konteyner» taşlanişi aytilgan. Reuters’ning Falastindagi manbalari ham Ğazo şimolida yuk ortilgan paraşyutlar közga taşlanganini tasdiqladi.
Gumanitar taşkilotlar esa paraşyutdan taşlaş yordam yetkazişning öta samarasiz usuli ekanini ta’kidlaydi.
Şu haftada 100 dan ortiq taşkilot Ğazoda oçarçilik avj olayotganidan ogohlantirgandi. Isroil armiyasi öz bayonotida buni rad etgan va bunday bayonotlarni «Hamas tomonidan ilgari surilgan yolğon kampaniya» deb atagan.
«Ğazo aholisiga yordamni taqsimlaş mas’uliyati BMT va xalqaro gumanitar taşkilotlar zimmasida. Şu sababli, ulardan yordamni taqsimlaş samaradorligini oşiriş va uning Hamas qöliga ötib ketişiga yöl qöymaslik böyiça sa’y-harakatlar bajarilişi kutilmoqda», deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

Şuningdek, bayonotda aytilişiça, «şu hududning 900 ming aholisiga xizmat körsatadigan» suvni çuçuklaştiriş zavodiga elektr energiyasi yetkazib beriş qayta tiklangan.
Isroil mart oyida Ğazoga barça insonparvarlik yordamini töxtatdi, may oyida yordam yangi çeklovlar bilan qayta tiklandi: oziq-ovqat taqsimoti Ğazodagi Amerika-Isroil gumanitar jamğarmasiga topşirildi. Uşbu jamğarma tomonidan taşkil etilgan yordam markazlari atrofida tez-tez yuz bergan hodisalar BMT ma’lumotlariga köra, yuzlab falastinliklar ölimiga sabab bölgan. Guvohlar, jumladan, uşbu markazlarning sobiq qöriqçilari bu odamlarning aksariyatining ölimida Isroil qöşinlarini aybladi.
Isroil esa tinç aholi duç kelayotgan muammolarga Hamasni aybdor qilib körsatmoqda.














