«Pandemiya tez rivojlanayotganligi sababli butun dunyo olimlari bir joyda töxtamayaptilar, ular doimiy izlanişdalar. Virusning yangi qirralari hamda yangi davolaş usullari ustida muntazam iş olib borilmoqda.
Hozirgi kunga kelib, kasallar soni, uning keçişi özgarib borayotganligi, şuningdek, JSST tavsiyalari ham mos ravişda özgarayotganligi sababli jarayonlar ham özgarib borişi tabiiy.
Har bir davlat tavsiyalarni mahalliy şaroitlarga moslaşgan holda işlab çiqadi va har qanday vaqtda uni töldirişi yoki özgartirişi mumkin. Şuning uçun rivojlangan mamlakatlarning malakali mutaxassislari bilan muntazam tajriba almaşinib turiş hozirgi kun talabi hisoblanadi», - dedi u.
Bundan taşqari, hozir epidemiologik vaziyat bir munça yaxşilangani va karantin talablari yumşatilganiga qaramay, nima uçun tuğruq davrida oila a'zolaridan biri homiladorga hamrohlik qilişga ruxsat berilmayotganiga haqida ham ma'lumot berildi.
«Tuğruq vaqtida hamrohlik normal şaroitlarda ma'qullansa ham epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda çeklanişi kerak. Homilador ayollarga oila a'zolari va yaqinlari bilan aloqada böliş uçun turli xil videoaloqa vositalardan foydalaniş tavsiyasi qilinadi. Uşbu çoralar kasallik tarqalişining oldini oliş maqsadida qöllaniladi», - dedi Barno Abdusamatova.













