Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘lda «Motosikl» tadbiri o‘tkazildi
Tadbir davomida 20 dan ortiq mototsikllar to‘xtatildi. Ulardan 7 tasiga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan dam olish kuni viloyatning 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lida “Motosikl” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.
Toshkent viloyati IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, YHX boshqarmasida ishlab chiqilgan maxsus rejaga asosan Yuqori Chirchiq va Bo‘stonliq tumanlari hududida guruhlar tashkil etildi. Ushbu guruhlarga biriktirilgan YPX inspektorlari har bir mototsiklni to‘xtatib, haydovchilarining hujjatlarini tekshirish asnosida ular bilan “Yo‘l harakati qoidalari” talablari yuzasidan suhbatlar o‘tkazishdi. Harakat vaqtida tezlik talablariga qat'iy amal qilish zarurligi, tezlikni oshirish qanday salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi har bir haydovchiga tushuntirildi.

Tadbir davomida 20 dan ortiq mototsikllar to‘xtatildi. Ulardan 7 tasiga nisbatan belgilangan tartibda ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Haydovchilarining tegishli hujjatlari bo‘lmaganligi sabab 5 ta mototsikl vaqtinchalik jarima maydoniga kiritildi. Bundan tashqari 3 ta holatda mototsikllarning davlat raqam belgilarini yashirib olganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, ushbu 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lida mototsikllarning tez harakatlanishini hisobga olib, muntazam ravishda maxsus avtomatlashtirilgan foto qayd etish texnika vositalari ishlatilmoqda. Ushbu fotoradarlarga joriy yilning yoz oyi boshidan buyon 65 ta mototsikllar tomonidan tezlikni me'yoridan oshirish holati aniqlangan. Bularning hammasi aholi yashash joyida ya'ni 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 110 km/soat tezlikdan ortiq tezlik bilan harakatlanganlar.


Misol uchun, joriy yilning 6 avgust kuni Yuqori Chirchiq tumanidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 16-kilometrida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo‘lgan “Xonda” rusumli mototsikl 70 km/soat tezlik belgilangan joyda 166 km/soat tezlik bilan harakatlangan.

Joriy yilning 10 iyul kuni esa, Yuqori Chirchiq tumanidan o‘tuvchi 4R12 “Bektemir-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 34-kilometrida Toshkent shahri Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga tegishli bo‘lgan “Suzuki” rusumli mototsiklda 146 km/soat tezlik bilan harakatlangan. Ushbu mototsikl egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik kodeksining 128-3-moddasi 3 qismiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 9 barobarida jarimalar belgilanib, jarima qarorlari yashash manzillariga jo‘natildi.
Mavzuga oid
20:58 / 24.11.2025
Chorbog‘ yo‘lida mototsikl haydovchisi YTHga uchrab, vafot etdi
11:09 / 03.11.2025
Skuter va mototsikllarga “prava”ni qanday olish mumkin va bu qanchaga tushadi?
17:53 / 12.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
18:09 / 08.06.2025