Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh va Yevroittifoqni Belarusning ishlariga aralashishdan ogohlantirdi
Rossiya TIV saytida qayd etilishicha, Moskva Minskka nisbatan sanksiyaviy va siyosiy bosim o‘tkazishga urinishlarga qarshi chiqadi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Belarusning ichki ishlariga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi.
U AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari Stiven Bigan bilan uchrashuvda xorijiy kuchlar Minskdagi vaziyatni keskinlashtirishga urinayotganiga e'tibor qaratdi.
"AQSh va Yevroittifoq yetakchilarini Polsha, Litvadagi doiralar Belarusdagi vaziyat iziga tushayotganidan norozi ekanligi va kuch ishlatish tuzilmalarining harakatini keltirib chiqarish uchun ig‘vogarlik qilishga urinayotganiga e'tibor qaratishga chaqiramiz", — dedi u.
Lavrov bunday harakatlarni juda xavfli deb atadi. Rossiya TIV saytida qayd etilishicha, Moskva Minskka nisbatan sanksiyaviy va siyosiy bosim o‘tkazishga urinishlarga qarshi chiqadi.
"Rossiya AQSh va YeIni Belarusning ichki ishlariga har qanday shakldagi aralashuvlardan ogohlantiradi", — deyiladi TIV xabarida.
AQSh davlat kotibining birinchi o‘rinbosari 24 avgust kuni Rossiyaga tashrif buyurdi. Bigan va Lavrov o‘rtasidagi uchrashuv bir yarim soatdan ortiqroq davom etgan.
Mavzuga oid
21:33
Xitoyning o‘nlab kompaniyalari Pentagonning qora ro‘yxatiga kiritildi
18:31
AQSh sayyohlik va biznes vizalari uchun tezkor suhbat bo‘yicha pullik xizmatni yo‘lga qo‘yadi
15:12
Amerika biznesi O‘zbekiston loyihalariga qiziqishni kuchaytirmoqda - Saida Mirziyoyeva
13:13