Bosh aylanib, hushdan ketish koronavirusga xos emas – Shtab a'zosi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda aholi vakillari yo‘llagan savollarga javob qaytardi.
Xususan, bosh aylanib, hushdan ketish holatlari koronavirus kasalligida kuzatilmasligi ma'lum qilingan.
«Ushbu holatlar koronavirus kasalligiga xos emas. Lekin ushbu kasallikda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlar bu holatga sabab bo‘lishi ham mumkin.
Bosh aylanishi va hushdan ketish holatlari asosan bemor qon bosimi tushib ketishi, kamqonlik va yurak ritmining buzilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Bunday holatlarda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak», dedi shtab a'zosi.
Shuningdek, murojaatlardan birida karantin qoidalari yumshatilishi vaziyatni qanchalik og‘irlashtirishi mumkinligi haqida so‘ralgan.
«Iyun va iyul oylari juda qiyin kechdi. Odamlar virus xavfini jiddiy qabul qilishdi. Shu davrda tartib-intizomga qat'iy rioya qilishni boshladilar va shu bilan tibbiyot xodimlariga ancha yordam berib, epidemiologik vaziyat birmuncha barqarorlashdi.
Ammo hozirda aholi o‘rtasida yana bo‘shashish kuzatilmoqda. Ayniqsa yoshlar o‘rtasida. Ijtimoiy masofaga rioya qilinmay, niqoblarni noto‘g‘ri taqish holatlari kuzatilmoqda.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, boshqa davlatlarda shunday holatlar kuzatilganida kasallik soni yana ortgan. Agar befarq odamlar ko‘payadigan bo‘lsa, 1-2 oy ichida kasallar soni keskin ortadi, vaziyat yomonlashadi. Shuning uchun barcha shu jumladan, ota-onalar, bolalar hamda o‘qituvchilar ehtiyot choralariga qat'iy amal qilishlari zarur. Vaziyatni nazorat qilish odamlarning o‘z qo‘llarida», dedi Barno Abdusamatova.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023