Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina xorijliklar uchun chegaralarini sentabr oxirigacha ochmaslikka qaror qildi
Ukrainaga faqat yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lganlar yoki xalqaro va gumanitar missiyalar a'zolarigina kiritiladi.
Ukraina hukumati xorijliklar uchun chegaralarini sentabr oxirigacha ochmaydi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal ma'lum qildi.
Uning qayd etishicha, koronavirus pandemiyasi sababli ushbu qaror qabul qilinmoqda.
"Kasallanish darajasi sababli biz hamyurtlarimizni himoya qilishimiz va xorijlik hamkorlarimiz oldida mas'ul bo‘lishimiz lozim", — dedi u.
Ma'lum qilinishicha, Ukrainaga faqat yashash uchun ruxsatnomasi bo‘lganlar yoki xalqaro va gumanitar missiyalar a'zolarigina kiritiladi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Ukrainada 110 mingga yaqin kishi koronavirusga chalingan, 2354 bemor vafot etgan. Mamlakat hukumati karantin choralarini noyabrgacha uzaytirdi.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026