Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda savdo do‘konidan 25 mln so‘mlik telefonlar o‘g‘irlab ketildi
Jinoyatchilar qo‘lga olinib, hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Jamiyatda ana shunday kimsalar ham bor. Ularning toifasiga o‘zi ishlamasdan turib, birovlarning peshona teri evaziga kun kechiradiganlarni kiritish mumkin, deb yozmoqda Postda nashri.
Qayd etilishicha, bekobodlik Sh.A., A.M. va M.M. ham shular qatoridan joy olgan.
Xabarda aytilishicha, ular fuqaro S.R.ga tegishli Bekobod shahrida joylashgan savdo do‘konidan deraza oynasini sindirish orqali umumiy qiymati 25 million 403 ming so‘mlik 10 dona mobil telefonlar hamda Lenovo rusumli noutbukni o‘g‘irlab ketishadi.
Do‘kon egasining o‘z vaqtida qilgan murojaati tufayli jinoyatchilar qo‘lga olinib, hozirda tergov ishlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026
Bild: Gelzenkirxendagi bankdan 100 mln yevrodan ortiq pul o‘marilgan
13:44 / 02.01.2026