Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Belarusda rossiyaliklarning qo‘lga olinishini Ukraina va AQSh maxsus xizmatlarining operatsiyasi deb atadi
Belarusda rossiyaliklarning qo‘lga olinishi bilan bog‘liq voqea Ukraina va Amerika maxsus xizmatlarining birgalikdagi operatsiyasi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Bu aniq bo‘ldi. Bu maxsus xizmatlarning aksiyasi. Bu kishilarni Belarus hududiga olib kelish uchun ularga qonuniy vazifa berilishini aytishgan, ularga ishlash uchun uchinchi davlatlar, Lotin Amerikasi, Yaqin Sharqqa ketishlarini aytishgan. Aslida esa ularni Belarus hududiga olib kirishgan va saylovoldi kampaniyasi davrida vaziyatni izdan chiqarish uchun ehtimoliy zarba sifatida ko‘rishgan", - dedi Putin "Rossiya 1" telekanaliga bergan intervyusida.
"Darvoqe, chegarachilarimiz ularni o‘tkazmagan. Ammo ularni soxta hujjatlar bilan olib o‘tishgan. Bu Ukraina maxsus xizmatlarining Amerika maxsus xizmatlari bilan hamkorlikdagi operatsiyasi. Hozirda bu ma'lum bo‘ldi", - dedi Rossiya prezidenti.
Avvalroq Belarusda qo‘lga olingan 32 nafar rossiyalik Rossiyaga qaytarilgandi. Qo‘lga olingan yana bir nafari esa Belarus fuqaroligiga ham egaligi uchun o‘sha yerda qoldirilgan.
Belarus hukumati 29 iyulda 33 nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida xabar bergandi. Minskning ta'kidlashicha, ular Vagner xususiy harbiy kompaniyasining jangchilari bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026