Jahon | 23:40 / 28.08.2020
3255
2 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi shaharlardan birida COVID-19ga chalinganlarga 1000 dollardan to‘lanadi

Foto: iStock

1000 dollar mablag‘ ikki haftaga yetadi – bu davr ichida bemor ishini yo‘qotishdan qo‘rqmasdan izolyatsiyada bo‘lishi va to‘liq tuzalishi mumkin bo‘ladi.

Kaliforniya shtatidagi Sakramento shahri sog‘liqni saqlash tizimi xodimlari koronavirus yuqtirgan fuqarolarga 1000 dollardan pul to‘lashni ko‘zda tutuvchi dasturni ishlab chiqmoqda, deb yozadi Sacbee.

Gap eng kam ish haqi miqdorida yoki soatbay haq oladigan kasb egalari haqida bormoqda. 1000 dollar mablag‘ ikki haftaga yetadi – bu davr ichida bemor ishini yo‘qotishdan qo‘rqmasdan izolyatsiyada bo‘lishi va to‘liq tuzalishi mumkin bo‘ladi.

Kaliforniyadagi yana ikki shahar — San-Fransisko va Alamidada ham ana shunday chora qabul qilinmoqda. 

Ushbu g‘oya tashabbuskorlaridan biri Xoakin Torresning so‘zlariga ko‘ra, ehtiyojmand guruhlarning davlatdan mablag‘ olishida eng katta muammo ortiqcha byurokratiyadir. Mablag‘ ololmagan va ishini yo‘qotib pulsiz qolishdan qo‘rqqan bemorlar ishga borishda davom etgan va hamkasblariga ham kasallik yuqtirgan.

Mazkur dastur kasallik yuqtirish holatlari kamayishida yordam berishi kutilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid