Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya josuslik mojarosi sababli Norvegiya elchixonasi maslahatchisini mamlakatdan chiqarib yuboradi
Avvalroq Oslodan rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishi munosabati bilan Norvegiya elchisi Rune Resalanda Rossiya TIVga chaqirtirilgandi.
Rossiya josuslik mojarosi sababli Norvegiya elchixonasi maslahatchisini mamlakatdan chiqarib yuboradi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
"Norvegiyaning Rossiyadagi elchixonasi maslahatchisi Yan Flete chiqarib yuboriladi", — degan u.
Avvalroq Oslodan rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishi munosabati bilan Norvegiya elchisi Rune Resalanda Rossiya TIVga chaqirtirilgandi.
Avgust o‘rtalarida Norvegiya politsiyasi xavfsizlik xizmati (PST) "rossiyalik razvedkachi"ga davlat sirini bergan 50 yoshli shaxs qo‘lga olinganini ma'lum qilgandi. Qayd etilishicha, u15 avgust kuni Oslo shahrida qo‘lga olingan.
Ushbu shaxs xorijiy davlatga "Norvegiya manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan" axborotni taqdim etishda ayblanmoqda.
Xabar qilinishicha, josuslikda gumonlanayotgan shaxs suvosti quvurlarini sertifikatlash bilan shug‘ullanuvchi DNV GL kompaniyasining yetakchi xodimi bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:58
Yonilg‘i inqirozi: Rossiya dizel eksportini to‘xtatdi
08:58
Qrimda AI-95 benzini narxi 92 foizga oshdi
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026