Xitoyning AQShga ogohlantirish sifatida ballistik raketalar uchirishi Pentagonni xavotirga soldi
Avvalroq South China Morning Post gazetasi Xitoy AQShga ogohlantirish sifatida Janubiy Xitoy dengiziga qarata ikkita ballistik raketa yo‘llaganini xabar qilgandi.
AQSh mudofaa vazirligi XXRning Janubiy Xitoy dengizida raketalar parvozi bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishi mintaqadagi vaziyatni izdan chiqarishi mumkinligini bildirdi.
"Mudofaa vazirligi Xitoy Xalq Respublikasining 23-29 avgust kunlari Janubiy Xitoy dengizidagi Parasel orollari atrofida harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish, jumladan ballistik raketalar uchirish to‘g‘risidagi qaroridan xavotirda. Janubiy Xitoy dengizidagi bahsli hudud ustidan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi keskinlikni yumshatish va barqarorlikni ushlab turishga aks ta'sir ko‘rsatadi. XXRning harakatlari, xususan, raketa sinovlari Janubiy Xitoy dengizidagi vaziyatni yanada beqarorlashtiradi", - deyiladi vazirlik bayonotida.
Avvalroq South China Morning Post gazetasi Xitoy AQShga ogohlantirish sifatida Janubiy Xitoy dengiziga qarata ikkita ballistik raketa yo‘llaganini xabar qilgandi.
Ma'lumot berilishicha, DF-26B ("Dunfen-26") raketasi Tsinxay provinsiyasidan, DF-21D ("Dunfen-21") raketasi esa Chjetszyan provinsiyasidan uchirilgan. Har ikki raketa harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi munosabati bilan yopilgan hududga kelib tushgan.
Pekin o‘nlab yillardan buyon mintaqadagi bir nechta davlatlar bilan Janubiy Xitoy dengizidagi qator orollarning o‘ziga tegishliligi borasida bahslashib keladi. Bunda gap birinchi navbatda Sisha arxipelagi, Nansha va Xuan'yan orollari haqida boradi. Ushbu bahsga u yoki bu darajada Vetnam, Bruney, Malayziya va Filippin ham aralashgan.
Mavzuga oid
00:39
Xitoyda dunyodagi eng yirik dengiz quyosh stansiyasi ishga tushirildi
22:30 / 15.11.2024
Tramp jamoasi bilan Ukrainadagi urush tezroq tugaydi - Zelenskiy
19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi
23:30 / 14.11.2024