Xodimlar uchun pandemiya davrida salomatlik va ishchanlikni saqlab qolish bo‘yicha tavsiyalar berildi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Barno Abdusamatova pandemiya davrida xodimlar salomatligi va mehnatga layoqatini saqlab qolishda yordam beradigan tavsiyalarni sanab o‘tdi.
Nafas olish mashqini bajaring:
- hech kim sizni bezovta qilmaydigan qulay joyni toping;
- nafas olishda diqqatni jamlang, chalg‘imaslikka harakat qiling, telefoningizni uzoqroqqa qo‘ying;
- burningiz orqali nafas olar ekansiz, har bir nafasni olishingiz davomiyligi beshga sanagunga qadar davom etsin;
- keyin besh soniya davomida sekin og‘zingizdan nafas chiqaring;
- bu mashqni kamida bir daqiqa davomida takrorlang.
Boshqa odamlar bilan suhbatlashing. Hozirgi sharoitda ijtimoiy masofani saqlash majburiy chora bo‘lsa-da, siz telefoningiz yoki kompyuteringizdan foydalanib, oilangiz va do‘stlaringiz bilan muloqotda bo‘lishingiz mumkin.
Muntazam ravishda bir-biringizga qo‘ng‘iroq qiling, bir-biringiz bilan nafaqat vaziyatingiz haqida, balki boshqa umumiy mavzular haqida ham suhbatlashib turishingiz uchun ma'lum vaqtni belgilang. Hamkasblar bilan suhbatlashing.
Uyqu rejimiga rioya qiling! Uyqu gigiyenasi qoidalariga ko‘ra, kuniga 7-8 soat uxlash tavsiya etiladi. Xona nimqorong‘u va salqin bo‘lishi kerak.
Oxirgi ovqat yotishdan eng kamida ikki soat oldin tanovul qilingan bo‘lishi kerak. Uyqudan bir soat oldin dush qabul qilish lozim va yotishdan oldin ko‘p suv ichmaslik kerak.
Smartfoningiz bilan uxlamang! Buning o‘rniga sokinlashtiruvchi musiqa tinglang.
Boshqalardan o‘rganing! Yangi paydo bo‘lgan muammolarni hal qilishning ijobiy misollarini payqashga va qabul qilishga harakat qiling. Bu sizga yaxshi kayfiyatni saqlashga, o‘zingizning samaradorligingizni oshirishga va ishlashda davom etishda yordam beradi.
Hamma narsada ijobiy jihatlarni qidiring! Ehtimol atrofimizdagi narsalarni o‘zgartira olmasligimiz mumkin, lekin ichimizdagi narsalarga ta'sir qilishimiz mumkin.
Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilishni ham unutmang.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023