Jahon | 19:07 / 29.08.2020
32633
1 daqiqa o‘qiladi

Shotlandiyada dunyodagi eng qimmat qo‘chqor sotildi

Avvalgi rekord Shotlandiyaning Lanark shahrida 2009 yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda dunyodagi eng qimmat qo‘chqor 231 ming funtga sotilgan.

Foto: Texel Sheep Society

Shotlandiyadagi Scottish National Texel Sale auksionida qo‘chqor 367,5 ming funt (qariyb 490,6 ming dollar)ga sotildi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi.

Nashrning ma'lumot berishicha, Double Diamond ("Qo‘shaloq olmos") laqabli qo‘chqor teksel zotiga mansub. Uning boshlang‘ich narxi 10,5 ming funt (14 ming dollarga yaqin) bo‘lgan.

Uch nafar xaridor tomonidan taklif etilgan yakuniy narx dunyo rekordi bo‘ldi. Avvalgi rekord Shotlandiyaning Lanark shahrida 2009 yilda o‘rnatilgandi. O‘shanda dunyodagi eng qimmat qo‘chqor 231 ming funtga sotilgan.

 Teksel zotiga mansub qo‘chqorlar Buyuk Britaniyada asosan a'lo sifatli go‘shti uchun yetishtiriladi. Aynan shu bois ularning narxi juda yuqori hisoblanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid