Kuzning ilk kunida O‘zbekistonda 343 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar soni 42 236 taga yetdi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Xabar qilinishicha, kun davomida 389 bemor sog‘ayib, 4 kishi vafot etdi. Tuzalganlar 39 664 nafar, qurbonlar 324 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi holatlar (+343)
Rasmiy ma'lumotga ko‘ra, yangi aniqlangan holatlarning barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
- Toshkent shahri – 213
- Toshkent viloyati – 91
- Qashqadaryo viloyati – 13
- Samarqand viloyati – 12
- Xorazm viloyati – 4
- Farg‘ona viloyati – 3
- Qoraqalpog‘iston – 2
Tuzalganlar (+389)
42 236 bemordan 39 664 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.
- Toshkent shahri – 234
- Toshkent viloyati – 97
- Samarqand viloyati – 21
- Andijon viloyati – 15
- Qashqadaryo viloyati – 14
- Xorazm viloyati – 6
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2
O‘lim holatlari (+4)
Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami qurbonlar 324, Toshkent shahrida esa 228 nafarga yetdi.
- Olmazor tumanida yashagan 58 yoshli S.N. (erkak)
- Uchtepa tumanida yashagan 45 yoshli B.Sh. (erkak)
- Uchtepa tumanida yashagan 61 yoshli L.R. (ayol)
- Shayxontohur tumanida yashagan 60 yoshli G‘.T. (erkak)
Davolanayotgan 2248 nafar bemordan 330 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.