Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada yuz bergan tayfun natijasida 270 mingdan ortiq uy elektrsiz qoldi
Tezligi soatiga 140 kilometrga yetgan shamol daraxtlar va svetoforlarni ag‘darib yuborgan. Kuchli jala quyishi oqibatida yo‘llar suv ostida qolgan.
Janubiy Koreyaning janubiy va sharqiy sohillariga kuchli "Maysak" tayfuni yopirildi, deb xabar bermoqda OAV.
Xabar qilinishicha, tezligi soatiga 140 kilometrga yetgan shamol daraxtlar va svetoforlarni ag‘darib yuborgan. Kuchli jala quyishi oqibatida yo‘llar suv ostida qolgan. 270 mingdan ortiq xonadon elektr ta'minotisiz qolgan.
Keyinroq zaiflashgan tayfun KXDRning sharqiy qismiga yopirilgan va bu yerda ham suv toshqinlarini keltirib chiqargan.
Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati esa mamlakat janubiy sohili hududida halokat signali bergan kemani qidirayotganini ma'lum qildi. Xabar qilinishicha, chorva tashiydigan ushbu kemada 42 nafar ekipaj a'zosi va 5,8 ming bosh qoramol bo‘lgan.
Mahalliy meteorologiya xizmatlari mintaqaga "Maysak"dan ham kuchliroq yangi tayfun yaqinlashayotgani haqida ogohlantirdi.
Avvalroq Janubiy Koreyada yuzlab aviareyslar bekor qilingandi.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026