Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi vaziyat: Berluskoni shifoxonada, «Betmen» xavf ostida
Silvio Berluskoni tunni shifoxonada o‘tkazdi, Britaniyaning turli hududlarida xorijdan keluvchilar uchun turlicha qoidalar amal qilmoqda, Namibiyada itlar koronavirusni aniqlaydi.
Juma kuni holatiga dunyoda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 27 milliondan oshdi, shu vaqtgacha 869 ming kishi Covid-19 qurboniga aylangan.
Berluskonining yotqizilishi
Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonida Covid-19 aniqlandi va u tunni shifoxonada o‘tkazdi.
Berluskonining «Olg‘a Italiya!» partiyasidagilar sobiq bosh vazirning holati barqarorlashgani haqida ma'lum qilishgan.
«Ehtiyotkorlik yuzasidan uni shifoxonaga yotqizish zarur edi, shifokorlar unda Covid-19 kechishini kuzatib borishmoqda, hozirda uning holati yaxshilangan», degan sobiq bosh vazir partiyasidan bo‘lgan senator Lichiya Ronzulli.
Berluskoni Milandagi San-Rafaele shifoxonasiga yotqizilgan. Uning ikki farzandida ham koronavirus aniqlangan.
Avvalroq siyosatchining davolovchi shifokori Berluskonida kasallik tashqi alomatlarsiz yengil shaklda kechayotganini ma'lum qilgandi. Sobiq bosh vazirning o‘zi virusni qayerda yuqtirib olganidan bexabar ekanini bildirgandi.
«Betmen» xavf ostida
Betmen haqidagi saganing so‘nggi filmini suratga olish ishlari yana to‘xtatildi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, bunga aktyor Robert Pattinson koronavirusga chalingani sabab bo‘ldi.
Film suratga olinayotgan Warner Brothers studiyasida suratga olish guruhi xodimlaridan birida koronavirus aniqlangani tasdiqlangan, ammo Pattinson haqida axborot berilmagan.
Betmen haqidagi so‘nggi filmning rejissyori Pit Rivz koronarvirus tufayli suratga olish ishlarini ikkinchi bor to‘xtatmoqda. Film keyingi yil iyunida ekranlarga chiqishi mo‘ljallangandi, ammo endi premera 2021 yil oktyabridan oldin bo‘lmaydi.
Vanity Fair jurnali ma'lumotiga ko‘ra, 34 yoshli Pattinson Angliyaga suratga olish ishlarida qatnashish uchun kelganida virus yuqtirib olgan.
Bo‘lingan qirollik va Yangi Zelandiyada yangi virus o‘chog‘i
Britaniyada pandemiya bilan bog‘liq cheklovlar borasida bahslar davom etmoqda.
Hozirda Birlashgan qirollikning turli nuqtalarida turlicha qoidalar amal qilmoqda, xususan xorijga chiqish va boshqa davlatlardan keluvchilar uchun karantin bo‘yicha turlicha qoidalar joriy etilgan.
Masalan, Shotlandiya va Uelsda Portugaliya va Gretsiyaning ayrim hududlaridan kelganlarni karantin kutadi, Angliya va Shimoliy Irlandiya hukumati esa buni talab etmaydi.
«Biz avvaliga ma'lumotlarni tahlil qilishga, keyin qoidalarni kiritishga harakat qilamiz. Ammo men biz turlicha xulosalarga kelishimizdan va bu odamlarni chalkashtirishidan xavotirdaman», degan BBC bilan suhbatda transport vaziri Grant Shapps.
Fransiyada pandemiya tufayli tanaffusdan keyin ochilgan maktablar yana yopilishi boshlandi. Juma kuni ta'lim vaziri Jan-Mishel Blanke mamlakatda 22ta o‘rta maktab o‘z eshiklarini o‘quvchilar uchun yopishi haqida ma'lum qildi.
Vazir bu maktablarning faqat bir qismi ekani, Fransiyada 60 ming maktab borligini qayd etib o‘tgan.
Yangi Zelandiyada maydan buyon ilk marta koronavirusdan o‘lim holati qayd etildi. Taxminan 50 yoshli erkak Oklend yaqinidagi shifoxonada vafot etgan. U Yangi Zelandiyada koronavirusning eng yosh qurboni bo‘ldi.
Yangi Zelandiyada pandemiya davrida jiddiy avj olish kuzatilmagan, mamlakatda apreldan keyin 102 kun davomida birorta yangi kasallanish holati qayd etilmagandi.
Hatto iyun oyida bosh vazir Jasinda Ardern davlat koronavirus ustidan to‘liq g‘alaba qozonganini e'lon qilgandi. Ammo avgust oyida orolda virus tarqalishi yana avj ola boshladi: Oklendda bir kunda 14 bemor aniqlandi, ulardan biri xorijdan kelgandi.
Koronavirus itlar bilan qidiriladi
Namibiya Universitetining tibbiyot maktabi itlarni koronavirusni aniqlashga o‘rgatdi. Mahalliy nashrlarning ma'lum qilishicha, itlardan aeroportlar va chegara punktlarida foydalanish mo‘ljallanmoqda.
Universitetning itlar bilan ishlovchi xodimlari jonivorlarning koronavirusga chalingan shaxsni aniqlash aniqligi 95 foiz atrofida.
Loyiha ikki oy muqaddam boshlangan, ammo hozircha itlar qachon bu xizmatga tayyor bo‘lishi ma'lum emas.
Bu koronavirusdan zararlanganlarni aniqlashda itlardan foydalanish bo‘yicha ilk misol emas. Avvalroq Fransiyada ham shunday tajriba o‘tkazilgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, koronvirusga chalingan insondan chiqqan ter hidi sog‘lom odamdan chiqqan ter hididan farqlanadi va itlar buni osongina aniqlashadi.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023