Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari ilk marta hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi
Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni ustuvor vazifa deb e'lon qilishgan.
ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish borasida kelishib oldilar - "Kavkaz-2020" mashg‘ulotlari doirasida ilk marta hamkorlikda harbiy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, deb ma'lum qildi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
"Sentabr oxirida "Kavkaz-2020" strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlarida terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha hamkorlikdagi vazifalar taklif qilindi", - dedi u ShHT, MDH va KXShT mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishi yakunida.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, mudofaa vazirlari terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashni ustuvor vazifa deb e'lon qilishgan.
Hozircha dastlabki o‘quv mashg‘ulotlari qanday shaklda o‘tkazilishiga aniqlik kiritilmagan.
Mavzuga oid
17:43 / 19.06.2026
MDH harbiy shtab boshliqlari Ostonada uchrashdi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
13:33 / 12.03.2026