Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Sudyalar hamjamiyatiga oid qonun ishlab chiqilmoqda. U nimalarni o‘zgartiradi?
O‘zbekistonda Sudyalar hamjamiyati faoliyatini tartibga soluvchi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu – joriy yilgi davlat dasturida ko‘rsatilgan.
Rasmiy hujjatlar va OAVda sudyalar hamjamiyati termini ko‘p ishlatiladi. Ammo unga huquqiy maqom beruvchi, faoliyatini tartibga soluvchi qonun mavjud bo‘lmagan. Ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida Oliy sud organlari mutaxassislari tomonidan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat parlamentga taqdim etilishi arafasida mutaxassislar bilan uchrashib, suhbat qurdik.
«Prezident tegishli farmoni bilan Sudyalar oliy kengashi ilk bor sudyalar hamjamiyati sifatida belgilangandi. Keyinchalik, mana shu maqomni qonuniylashtirish maqsadida Sudyalar oliy kengashi Sudyalar hamjamiyati organi sifatida nazarda tutildi. Lekin qonunchilikda sudyalar hamjamiyati organlari, ularning turlari, tushunchasi, faoliyat yo‘nalishi belgilanmagan. Faqat alohida tarzda, aslida Sudyalar hamjamiyati organi sifatida faoliyati yuritiladigan, tegishli maqomga ega bo‘lmagan tuzilmalar mavjud», — deydi Sudyalarni oliy maktabi kafedra mudiri Malika Qalandarova.

Sudyalar oliy kengashi va Sudyalar hamjamiyati o‘rtasida farq bormi?
— Sudyalar o‘zining tashkiliy-huquqiy, moliyaviy masalalarini o‘zlari boshqaradi. Bu o‘z-o‘zini boshqarish degani. Sudyalar oliy kengashi Sudyalar hamjamiyati organi bo‘lsa, qonun loyihasiga asosan, yana boshqa organlarni tuzish taklif etilyapti. Masalan, «Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, kengash bir paytning o‘zida sudyalik lavozimiga tayinlaydi, lavozimidan ozod etadi yoki vakolatini muddatidan ilgari tugatadi. U ham intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini ko‘rib chiqadi, ham jinoiy, ham ma'muriy xulosalarni berish vakolatiga ega. Endilikda Sudyalar hamjamiyat organlari huzurida kollegial organlar paydo bo‘ladi. Quyi instansiyadan tortib, barcha sudyalar ularning faoliyati bo‘yicha kimlar ishlashini tanlaydi. Ular tanlagan amaldagi sudyalar hamjamiyat organlarida ish boshlaydi, — deydi Malika Qalandarova.
Uning aytishicha, ayni paytda kengash tarkibida bo‘lgan imtihon hamda intizom komissiyalari qarorlari ustidan shikoyat qilish huquqi vujudga kelishi mumkin.
«Sudyalarni saylash masalasi yanada shaffof bo‘ladi»
Qonun loyihasini amalda qabul qilishdan ko‘zda tutilgan eng katta manfaat esa sudyalarni saylash, saylanishini masalasi yanada shaffof bo‘ladi, deb hisoblaydi Oliy sud sudyasi Bahrom Tangaboyev.

«Quyi pog‘onadan ko‘rib chiqsak, tumanlar miqyosida konferensiyalarda sudyalar o‘z vakillarini malaka hay'atlariga tavsiya etishlari mumkin. Bu ovoz berish yo‘li bilan amalga oshadi. Keyingi bosqichda, Oliy malaka hay'atiga hududlardagi malaka hay'atlaridan saylanish huquqi bo‘ladi. Undan yuqorisi esa Oliy kengash, undan keyin S'yezd – oliy boshqaruv organi hisoblanadi», — deya munosabat bildirdi Tangaboyev.
Oliy sud sudyaning fikricha, qonunning qabul qilinishi sudyalar mustaqilligiga putur yetkazmaydi.
Sudyalar hamjamiyati xalqqa nima naf beradi?
«Sudya ishni ko‘rish jarayonida, har qanday tazyiq, tahdid va taklif aralashuvlardan qat'i nazar, mustaqil tarzda ishdagi mavjud faktik dalillarga baho bergan holda qaror qabul qilishi kerak. Buning uchun u chindan mustaqil ekanini his etishi kerak. Nafaqat sudyaning mustaqilligi, balki sud hokimiyati mustaqil ekanligi his etilishi kerak. Masalan, Sudyalar hamjamiyati organlari o‘zini moliyalashtirish masalasida ham mustaqil ekani muhim bo‘ladi», — deydi Qalandarova.
Sudyalarga yuqori instansiyadan bosim bo‘ladimi?
Oliy sud sudyasi Bahrom Tangaboyev faoliyati davomida quyi instansiya sudlariga yuqoridan bosim sifatida baholanuvchi buyruq yo ko‘rsatmalarga duch kelmaganini aytadi.
«Ishni qonunda nazarda tutilgan muddatda ko‘rib chiqish tartibi buzilgani bo‘lishi mumkin. Shunda norozi fuqaro yo tashkilot – ishda ishtirok etayotgan taraf murojaat etganda, Oliy sud quyi instansiya sudlariga ishni belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirishi esa amaliyotda mavjud. Bu ham fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan», — deydi u.
Ushbu qonun loyihasi parlament quyi palatasiga kiritilgandan so‘ng, deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Alisher Ro‘zioxunov suhbatlashdi.
Tasvirchi va montaj ustasi – Otaxon Yusupov.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
O‘zbekiston | 14:47
-
AQShda yosh bolalar o‘rtasida nikotin bilan zaharlanish soni keskin oshdi
Jahon | 14:39
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
Mavzuga oid

13:44 / 21.09.2022
“Sudyaga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazish masalasi apellyatsiyadan so‘ng ko‘rib chiqiladi” – Sudyalar oliy kengashi va Oliy sud Kun.uz maqolasiga munosabat bildirdi

16:23 / 20.08.2022
Advokat: “Sudyalar noto‘g‘ri chiqargan uchta qaroridan keyin ishdan bo‘shatilishi kerak”

17:02 / 06.08.2021
Sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga tayinlovlar amalga oshirildi

18:34 / 03.08.2021