Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekologik xavflilik toifalari 3 toifaga qisqartirildi
Ekologik xavflilik toifalari ilgari amalda bo‘lgan 4 toifadan xalqaro standartlarga mos ravishda 3 toifaga qisqartirildi. Bu haqda Davlat ekologik ekspertizasi markazi ma’lum qildi.
Foto: Kun.uz
O‘zgarishlardan yana biri – ekologik xulosa berishda jamoatchilik fikrini inobatga olish majburiy bo‘ldi. Atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash mezonlari joriy etildi.
Faoliyatning shaffofligini ta’minlash maqsadida “Elektron hukumat” tamoyili asosida avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy etilmoqda.
Atrof-muhitga ta’sirni baholash jarayoni ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri qonun normalarida belgilandi.
2024 yilning o‘zida davlat ekologik ekspertizasi organlari tomonidan 32 mingga yaqin xulosa berilgan bo‘lib, shulardan 700 tasi ekologik talablarga javob bermagani tufayli rad etilgan. Bu holat loyihachilarga nisbatan qat’iy talablar qo‘yish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Hozirda 400 ga yaqin loyiha hujjatlarini tayyorlovchi tadbirkorlik sub’yektlari va boshqa loyiha institutlarida 2000 nafarga yaqin loyihachi faoliyat yuritmoqda.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
08:27 / 17.03.2026
Loyihaoldi hujjatlar ekspertizasida bir qator amaliyotlar bekor qilinadi
11:57 / 13.02.2026
“Istanbul sud tibbiy ekspertizasiga hozircha jasad olib kelinmadi” – Sayyora Ergashaliyevaning vafoti yuzasidan munosabat bildirildi
09:17 / 08.11.2025