Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi o‘rmon yong‘inlari 809 ming gektar maydonni qamrab oldi
Kaliforniyada 15 avgustdan buyon 900ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgan.
Kaliforniya shtatidagi o‘rmon yong‘inlari 2018 yilgi rekordni ortda qoldirdi va 2 mln akrga (809 ming gektar) yetdi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Qayd etilishicha, bu shtatdagi o‘rmon yong‘inlari uchun rekord hisoblanadi. 2018 yilda Kaliforniyada yong‘inlar yil davomida 1,96 mln akr (793,1 ming gektar) maydonga ziyon yetkazgan.
Shtat o‘rmon xo‘jaligi va yong‘indan muhofaza departamentining bildirishicha, o‘rmon yong‘inlari mavsumi endigina boshlangan vaqtda bunday rekord qayd etilishi xavotirli.
"Bu qo‘rqinchli, chunki odatda sentabr va oktabr xavfli yong‘in oylari hisoblanadi", - dedi departament vakili Linn Tolmachoff.
Yong‘inlar uylarga zarar yetkazgan va elektr energiyasining ommaviy ravishda o‘chishiga sabab bo‘lgan.
Kaliforniyada 15 avgustdan buyon 900ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘lgan, yong‘inlar natijasida sakkiz kishi qurbon bo‘lgan va 3,3 mingdan ortiq inshoot zarar ko‘rgan.
Mavzuga oid
09:35 / 06.07.2026
Shayxontohurda ikki qavatli do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi
10:23 / 04.07.2026
O‘rikzor bozoridagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in chiqdi
09:25 / 03.07.2026
Fransiyaning bir nechta hududida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda
15:06 / 02.07.2026