Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zagrotexsanoatxolding» tugatiladi - Prezident qarori
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatini tugatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
Foto: O‘zagrotexsanoatxolding
Prezident “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Hujjat qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarini boshqarish tizimini yanada maqbullashtirish va takomillashtirish maqsadida qabul qilindi.
Qaror bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining "O‘zagrotexsanoatxolding" aksiyadorlik jamiyatini tugatish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berildi.
"O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyatini tugatish komissiyasi tuzildi.
Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda "O‘zagrotexsanoatxolding" AJni tugatish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlaydi va uning bajarilishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha, "O‘zagrotexsanoatxolding" AJ korxonalari uchun imtiyozlar va preferensiyalar (qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bundan mustasno) berish bo‘yicha ilgari qabul qilingan qonun hujjatlari o‘z kuchini prezident va hukumatining tegishli hujjatlari bilan belgilangan muddat tugagunga qadar saqlab qoladi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bir oy muddatda manfaatdor idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi.
Mavzuga oid
13:11 / 18.11.2025
Binolar zilzilabardoshligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar joriy etilmoqda
12:59 / 06.11.2025
Qatag‘on qurbonlari merosini targ‘ib etish bo‘yicha dastur tasdiqlandi
19:07 / 02.11.2025
Fuqarolar hayotiga xavf tug‘diradigan “zapravka”lar boshqa joyga ko‘chiriladi
13:30 / 28.10.2025