«Özagrokimyohimoya» tugatiladi, yangi agentlik taşkil etiladi - Prezident qarori loyihasi
|13:07 / 04.03.202027 53216 min
Qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş va tuproqning agrokimyoviy tahlili tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari qabul qilinadi
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Prezidentning “Qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş va tuproqning agrokimyoviy tahlili tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi hamda “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining:
2020 yil 1 maydan e'tiboran “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati va uning “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini tugatiş;
Qişloq xöjaligi vazirligi huzurida Ösimliklarni himoya qiliş agentligini taşkil etiş;
“Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari ustav fondidagi uluşlarini keyinçalik sotiş va “Özagrokimyohimoya” AJni tugatiş maqsadida Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga beriş;
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining mineral öğitlarni sotiş şoxobçalarini beriş hisobiga ustav fondini şakllantiriş orqali 48 ta mas'uliyati çeklangan jamiyatlarini taşkil etiş;
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining omborxona binolarini “Özkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatiga beriş;
“Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlarining omborxona binolarini sotiş;
“Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati, “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari va ularning tuman filiallarining ma'muriy binolari, biolaboratoriyalar, xizmat avtomaşinalari, qişloq xöjaligi texnikalari va agregatlarni Agentlik va uning hududiy bölinmalari balansiga ötkaziş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.
Agentlikning asosiy vazifalari va faoliyati yönalişlari etib quyidagilar belgilanadi:
qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş sohasida davlat fitosanitariya nazoratini amalga oşiriş;
qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilar uçun ösimliklarni kasalliklar, zararkunanda haşarotlar va begona ötlardan uyğunlaşgan himoya qilişning tizimli çora-tadbirlari va ekologik xavfsiz usullari böyiça ilmiy asoslangan tavsiyalar işlab çiqiş;
Mavzuga oid
qişloq xöjaligi ösimliklarida kasalliklar, zararkunanda haşarotlar va begona ötlarning rivojlanişi va tarqalişini prognozlaştiriş orqali ularning zarar yetkaziş xavfini oldindan örganiş va ösimliklarni himoya qiliş vositalariga bölgan talabni aniqlaş;
qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlarda, şu jumladan tomorqa yerlarida va issiqxona xöjaliklarida fitosanitar holat ustidan doimiy kuzatuv va nazorat olib boriş, qişloq xöjaligi ösimliklarida kasalliklar, zararkunanda haşarotlar va begona ötlarning rivojlanişi, tarqalişi hamda ularni bartaraf etiş böyiça ilmiy tavsiyalarga asoslangan tadbirlar töğrisida yagona onlayn maslahat tizimini yaratiş;
qişloq xöjaligi ösimliklarida kasalliklar va zararkunandalarga qarşi kuraşiş uçun zamonaviy bio va nanotexnologiyalarni keng qöllaş, yangi turdagi biologik vositalar introduksiyasini yölga qöyiş, biolaboratoriyalar hamda ösimliklar klinikalari tarmoğini kengaytiriş va bu borada özaro manfaatli hamkorlik asosida davlat-xususiy şeriklik tizimini rivojlantiriş, sohaga xorijiy investitsiyalar va xalqaro moliya institutlari grantlarini jalb qiliş;
qişloq xöjaligi ösimliklarida zararkunanda haşarotlarga qarşi kuraşiş uçun kimyoviy vositalardan foydalanişni kamaytiriş va biologik usulni rivojlantiriş maqsadida respublikada mavjud biolaboratoriyalar faoliyatini kuçaytiriş, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda biomahsulotlar sifatini nazorat qiliş;
qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlarda radiologik va toksikologik kuzatuvlar olib boriş, qişloq xöjaligi mahsulotlari tarkibidagi pestitsid qoldiqlari miqdorini tahlil qiliş, organik va ekologik toza mahsulot yetiştiriş reglamentlarini belgilaş;
qişloq xöjaligi ösimliklarida kasalliklar, zararkunanda haşarotlar va begona ötlarning rivojlanişi va tarqalişini tezkor aniqlaş hamda biomahsulotlarni tarqatiş uçun uçuvçisiz qurilma (dron)lardan foydalanişni keng joriy etiş;
qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş uçun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni va biomahsulotlarni taşiş, saqlaş, sotiş va ularni qöllaş böyiça belgilangan qoidalarga rioya etilişi ustidan nazorat örnatiş;
qişloq xöjaligi ösimliklarida öta xavfli zararli organizmlarning yoppasiga tarqalişi natijasida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf etiş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqiş va bu töğrisida Qişloq xöjaligi vazirligiga takliflar kiritiş;
tuproqning agrokimyoviy tahlillari asosida agrokimyoviy xaritanomalarni işlab çiqiş, tuproqning ozuqa moddalari bilan ta'minlanganlik darajasidan kelib çiqqan holda mineral öğitlarga bölgan ilmiy asoslangan talabni aniqlaş;
qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilariga sotiladigan mineral öğitlarning sifatini va saqlanişini nazorat qiliş;
qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş sohasida fan, ta'lim va işlab çiqariş integratsiyasini çuqurlaştiriş, ilğor xorijiy tajriba, ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etiş;
xorijiy davlatlarning qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş böyiça yetakçi universitetlari, ilmiy markazlari va boşqa taşkilotlarida kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, şuningdek, stajirovka ötaş uçun buyurtmalar portfelini şakllantiriş.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda mulkçilik şaklidan qat'iy nazar barça qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş organlari va qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçi sub'yektlar qişloq xöjaligi ösimliklarini kasalliklar, zararkunanda haşarotlar va begona ötlardan himoya qiliş uçun ekologik xavfsiz va uyğunlaşgan qarşi kuraşiş usullarini qöllaş hamda tuproqning unumdorlik darajasini saqlaş va yaxşilaş yuzasidan mas'ul ekanligi belgilab qöyiladi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, “Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyatining:
“Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Agrokimyo stansiyasi” mas'uliyati çeklangan jamiyati va uning Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy filiallari, “Respublika Biosifat markaziy laboratoriyasi” mas'uliyati çeklangan jamiyati, Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlardagi Çigirtka va tut parvonasiga qarşi kuraşiş xizmati filiallarini Agentlikka ular negizida davlat budjetidan moliyalaştiriladigan tegişli taşkilotlarni taşkil etiş uçun beriş;
“Özagrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi “Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot instituti” mas'uliyati çeklangan jamiyatini ilmiy muassasa şaklida qayta taşkil etgan holda Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Qişloq xöjaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-işlab çiqariş markazi tasarrufiga ötkaziş hamda “Respublika öquv-işlab çiqariş biolaboratoriyasi” mas'uliyati çeklangan jamiyatining funksiyalari, majburiyatlari va mol-mulkini Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot institutiga ötkaziş;
qişloq xöjaligi ösimliklarni himoya qiliş sohasida ilmiy izlanişlar kölamini kengaytiriş, ilm-fan va işlab çiqariş integratsiyasini çuqurlaştiriş maqsadida 2020-2022 yillarda Ösimliklarni himoya qiliş ilmiy-tadqiqot institutining Farğona, Surxondaryo va Xorazm filiallarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlaş hamda Qoraqalpoğiston Respublikasi, Qaşqadaryo, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo, Andijon va Namangan viloyatlarida filiallarni taşkil etiş hamda bino va zarur asbob-uskunalar bilan jihozlaş, şuningdek, mazkur ilmiy-tadqiqot instituti huzurida soha rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş markazini taşkil etiş töğrisidagi takliflari ma'qullanadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi, “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati qişloq xöjaligi ösimliklarida zararkunanda haşarotlarga qarşi kuraşiş uçun biologik usulni kölamini kengaytiriş, mavjud biolaboratoriyalardan unumli foydalaniş va biomahsulotlar samaradorligini oşiriş maqsadida “Özdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va “Özpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitalidagi davlat uluşini kamaytirgan holda ularning tasarrufidagi mavjud biolaboratoriyalarni nol qiymatda Agentlikning hududiy bölinmalari tasarrufiga ötkazilişini ta'minlaydi.
Qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş tizimini isloh qiliş, servis xizmatlari sifatini oşiriş, sohaga bozor mexanizmlarini joriy etiş maqsadida ösimliklarni himoya qilişni 2020 yil 1 maydan boşlab bosqiçma-bosqiç xususiy sektorga ötkazilişiga rozilik beriladi.
Bunda:
qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş böyiça xizmatlar körsatişni tartibga soliş, ösimliklarni himoya qiliş vositalari va öğitlarni saqlaş, taşiş, realizatsiya qiliş va qöllaşda atrof-muhitning ifloslanişi va insonlarga zararli ta'sirining oldini oliş maqsadida uşbu faoliyat bilan şuğullaniş Agentlik tomonidan litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanadi;
qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş sohasida faoliyat yuritadigan xususiy sektorlar ösimliklarni himoya qiliş vositalarini respublika hududiga olib kiriş, saqlaş, taşiş, realizatsiya qiliş va ulardan foydalaniş yuzasidan belgilangan qoidalar hamda tartiblarga rioya etişlari, mazkur vositalar qişloq xöjaligi mahsulotlarini va atrof-muhitni ifloslantirişiga yöl qöymasliklari lozim;
favqulodda holatlar yuzaga kelganda qişloq xöjaligi ösimliklarida kasalliklar, zararkunanda haşarotlar va begona ötlarga qarşi kuraşiş tadbirlarini öz vaqtida tizimli amalga oşiriş uçun hududlarda servis xizmatini körsatuvçi xususiy sektorlar faoliyati töliq yölga qöyilgunga qadar Agentlik tomonidan servis xizmatlari körsatiladi;
xususiy sektorda qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş böyiça xizmatlar körsatiş töliq joriy etilgunga qadar uşbu turdagi xizmatlar tumanlar Ösimliklarni himoya qiliş bölimlari tomonidan taşkil etiladigan xöjalik hisobida faoliyat yuritadigan “Ösimliklarni himoya qiliş xizmati” mas'uliyati çeklangan jamiyatlari tomonidan amalga oşiriladi;
qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş böyiça xizmatlar körsatuvçi xususiy sektorlar xavfli fitosanitariya oqibatlariga olib kelişi mumkin bölgan vaziyatlar yuzaga kelganda Agentlikni xabardor qilişlari şart.
Belgilanişiça:
a) Agentlik öz faoliyati böyiça Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligiga hisobot beradi;
b) Agentlikning öz vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, şuningdek, korxonalar, taşkilotlar, klasterlar, yerdan foydalanuvçilar va fuqarolar tomonidan bajarilişi majburiy hisoblanadi;
v) Agentlik xodimlari qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlarga, şu jumladan boğ va tokzorlarga, klaster, fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yerlariga, davlat örmon fondi yerlariga, çegara hududlariga, şuningdek, issiqxonalarga moneliksiz kiriş va fitosanitar nazoratni yuritiş huquqiga ega;
g) Agentlik xodimlariga Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi markaziy apparati xodimlari uçun belgilangan mehnatga haq tölaş, moddiy rağbatlantiriş va ijtimoiy himoya şartlari tatbiq etiladi;
d) Agentlik va uning tizim taşkilotlarini hamda hududiy bölinmalarini moliyalaştiriş manbasi etib Özbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar belgilanadi;
ye) Agentlik direktori:
Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vazirining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
maqomi, mehnatga haq tölaş, tibbiy va transport xizmati körsatiş şartlari böyiça vazir örinbosariga tenglaştiriladi;
j) Agentlik direktorining örinbosarlari Agentlik direktorining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Agentlik:
Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bilan birgalikda 2020-2023 yillar mobaynida tuproqning agrokimyoviy holati, agrokimyoviy xaritanomalar, mineral öğitlarning turlari böyiça ehtiyojlar, qişloq xöjaligi ösimliklarida kasalliklar, zararkunanda haşarotlar va begona ötlarning konturlar kesimida tarqaliş başoratlari, şuningdek, mulkçilik şaklidan qat'iy nazar barça biofabrikalar, biomarkazlar, biolaboratoriyalar tomonidan biomahsulotlarni tarqatilişi töğrisidagi hamda xizmatda foydalaniş uçun zarur böladigan boşqa ma'lumotlar kiritilgan “plantprotection.uz” elektron axborot bazasi yaratilişini;
GPS qurilmalaridan foydalangan holda tuproqning agrokimyoviy tahlil işlari amalga oşirilişini va sohada bosqiçma-bosqiç raqamli agrokimyo tizimi yölga qöyilişini;
qişloq xöjaligi ösimliklarida zararli organizmlarning rivojlanişi va tarqalişi muddatlari hamda ularga qarşi uyğunlaşgan kuraşiş tizimi hamda tumanlar kesimida qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlarda tuproqlarning agrokimyoviy holati töğrisidagi oçiq ma'lumotlarni özining rasmiy veb-saytida joylaştirilişini va doimiy yangilab borilişini;
qişloq xöjaligi ösimliklarini zararkunanda haşarotlardan kam xarajat talab etadigan biologik usulda himoya qilişni kuçaytiriş, sifatli, tabiiy, ekologik toza qişloq xöjaligi mahsulotlari hajmini oşiriş, tabiatdagi biofonlarning yöq bölib ketişining oldini oliş maqsadida biolaboratoriyalarni bosqiçma-bosqiç zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlaş böyiça zaruriy çora-tadbirlar amalga oşirilişini;
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi, Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan birgalikda qişloq xöjaligi ösimliklarini himoya qiliş va tuproqning agrokimyoviy tahlil tizimini rivojlantiriş maqsadida xalqaro aloqalarni kuçaytiriş, xorijiy ekspertlarni jalb qiliş, sohadagi rahbar va mutaxassislarni tayyorlaşning innovatsion usullarini joriy etiş, xorijiy davlatlarda malakasini oşiriş va stajirovka ötaşni yölga qöyilişini;
Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi, Davlat-xususiy şeriklikni rivojlantiriş agentligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har bir tumanda davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida zamonaviy “mobil diagnostika laboratoriyalari” va malakali kadrlar bilan butlangan ösimliklar klinikalari taşkil etilişini;
zararli çigirtka va tut parvonasiga qarşi kuraşiş tadbirlarini öz vaqtida amalga oşirilişini hamda Davlat budjetidan ajratilgan mablağlarni maqsadli sarflanişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) qişloq xöjaligi uçun möljallangan yerlarda tuproqlarning agrokimyoviy xaritanomalarini işlab çiqiş xarajatlari bojxona tölovlari va qöşilgan qiymat soliği tuşumlaridan tuşgan mablağlar hisobidan moliyalaştirilişini ta'minlasin. Bunda har tört yilda tuproqning agrokimyoviy xaritanomalarini qayta yangilab boriş uçun talab etiladigan mablağlar ajratilişi nazarda tutiladi;
b) Agentlik buyurtmanomalari asosida uning Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar hamda tumanlardagi bölinmalarining prognoz laboratoriyalari, biolaboratoriyalari va biofabrikalarini kapital ta'mirlaş hamda işçi jihozlar bilan butlaş, zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari bilan jihozlaş hamda zararli organizmlarning ommaviy tarqalişini bartaraf etiş uçun ösimliklarni himoya qiliş vositalarini strategik zaxirasini yaratiş xarajatlariga Özbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablağlar ajratsin va Davlat budjeti xarajatlarining har yilgi parametrlarini şakllantirişda uşbu tadbirlarni amalga oşiriş uçun zarur mablağlarni nazarda tutadi;
v) Respublika agrokimyoviy tahlil markazi tizimidagi laboratoriyalarni zamonaviy asbob-uskunalar bilan butlaş maqsadida Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan “Agrokimyo stansiyasi” MÇJ uçun sotib olingan jami 8,5 mlrd söm miqdoridagi asbob-uskunalarni Agentlik balansiga ötkazilişini ta'minlaydi;
g) Agentlik markaziy apparatiga 3 ta xizmat va 3 ta maxsus avtotransport va uning Qoraqalpoğiston Respublikasi hamda viloyatlar boşqarmalariga 2 tadan hamda tuman bölimlariga 1 tadan xizmat avtotransport vositasi va agronom-entomologlarga “tezkor fitonazorat” xizmatini amalga oşiriş maqsadida 3 tadan maxsus maşina, jami 511 ta transport vositalari uçun mablağlar ajratilişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda kadrlarga bölgan ehtiyojdan kelib çiqqan holda 2020-2021 öquv yilidan boşlab Qişloq xöjaligi vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlarida agronom-entomolog hamda tuproqşunos-agrokimyogar mutaxassislari tayyorlanişini yölga qöyadi.
Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan röyxat böyiça Agentlik va uning tizimidagi taşkilotlar tomonidan import qilinadigan laboratoriya asbob-uskunalari va butlovçi qismlariga bojxona tölovlari (bojxona yiğimlari bundan mustasno) 2024 yil 1 yanvargaça 50 foizga kamaytiriladi.
Agentlik Toşkent şahar, Nukus köçasi, 77-uy manzilidagi binoda operativ boşqariş huquqi asosida joylaştiriladi.