O‘zbekiston | 00:04 / 08.09.2020
27222
2 daqiqa o‘qiladi

SSV: Davolanayotgan bemorlar soni 2 mingga tushmoqda. Ulardan 654 nafari og‘ir ahvolda

7 sentabr kuni O‘zbekistonda 312 kishida koronavirus aniqlanib, 317 bemor sog‘aydi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 43 975ta, tuzalganlar 41 594 nafar, qurbonlar esa 354 nafarni tashkil etmoqda. 7 sentabr kuni 6 kishi vafot etgani xabar qilindi. 

Yangi holatlar (+312)

Yangi holatlar soni so‘nggi besh kun ichida ilk marta 300tadan ko‘proq bo‘ldi. Asosiy o‘choq Toshkent shahri va viloyati bo‘lib qolmoqda – kunlik kasallanish holatlarining 90 foizi shu ikki hudud bilan bog‘liq.

  • Toshkent shahri – 190
  • Toshkent viloyati – 93
  • Samarqand viloyati – 10
  • Andijon viloyati – 8
  • Xorazm viloyati – 5
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4
  • Farg‘ona viloyati – 2

Tuzalganlar (+317)

Kasallik qayd etilgan jami 43 975 bemordan 41 594 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahri – 207 nafar
  • Toshkent viloyati – 91 nafar
  • Xorazm viloyati – 7 nafar
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida – 4 nafardan bemor tuzaldi.

O‘lim holatlari (+6)

Vazirlik 7 sentabr kuni 6ta o‘lim holati haqida ma'lumot berdi. Rasmiy statistikada jami qurbonlar 354 nafar deb ko‘rsatilmoqda.

  • Chilonzor tumanida yashagan 58 yoshli Yo.O. (ayol)
  • Jizzax shahrida yashagan 36 yoshli D.M. (erkak)
  • Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli A.D. (erkak)
  • Termiz shahrida yashagan va Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 55 yoshli B.J. (erkak)
  • Qibray tumanida yashagan 70 yoshli R.T. (erkak)
  • Yunusobod tumanida yashagan 67 yoshli X.S. (ayol)

Ayni paytda davolanayotgan 2 027 bemordan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid