Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari 500tadan oshib ketdi
O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi yana tezlashmoqda: mamlakatda kunlik kasallanish ko‘rsatkichi bir oy ichida ilk marta 500tadan ko‘proqni tashkil etdi.
9 sentabr kuni O‘zbekistonda 512 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi. Taqqoslash uchun, kunlik yangi holatlar 6 sentyabrda 293ta, 7 sentyabrda 312ta, 8 sentyabrda 443tani tashkil etgan edi.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 44 930 ta, tuzalganlar 42 212 nafar, qurbonlar esa 366 nafarni tashkil etmoqda. 9 sentabr kuni 6 kishi vafot etgani xabar qilindi.
Yangi holatlar (+512)
20 avgustdan keyingi vaqt davomida kunlik kasallanish ko‘rsatkichi 500taga yetmayotgan, bir oy ichida faqat 4 marta kunlik o‘sish 400dan ko‘proqni tashkil etgandi.
- Toshkent shahri – 331
- Toshkent viloyati – 105
- Qashqadaryo viloyati – 30
- Samarqand viloyati – 12
- Andijon viloyati – 11
- Namangan viloyati – 9
- Farg‘ona viloyati – 6
- Xorazm viloyati – 6
- Navoiy viloyati – 2
Tuzalganlar (+314)
Kasallik qayd etilgan jami 44 930 bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda.
- Toshkent shahri – 188
- Toshkent viloyati – 98
- Samarqand viloyati – 9
- Namangan viloyati – 8
- Farg‘ona viloyati – 5
- Xorazm viloyati – 4
- Andijon viloyati – 2
O‘lim holatlari (+6)
Vazirlik 9 sentabr kuni 6ta o‘lim holati haqida ma'lumot berdi. Rasmiy statistikada koronavirus qurbonlari jami 366 nafar deb ko‘rsatilmoqda.
- Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. (ayol)
- Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. (erkak)
- Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak)
- Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak)
- Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli U.T. (erkak)
- Chirchiq shahrida yashagan 55 yoshli G‘.D. (erkak)

Ayni paytda davolanayotgan 2 352 nafar bemordan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Mavzuga oid
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda
23:06 / 16.01.2023