O‘zbekiston | 00:12 / 11.09.2020
96600
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi yana tezlashmoqda. Bir kunda 750ga yaqin bemor aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishi keskin tezlashgani kuzatilmoqda: 10 sentabr kuni kunlik kasallanish holatlari bo‘yicha uchinchi eng yuqori natija qayd etildi – bir kunda 749 kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yildi.

Kunlik o‘sish bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar avgust oyi boshida qayd etilgan: 1 avgustda 774 kishi, 2 avgustda 770 kishi koronavirusga chalingani ma'lum bo‘lgandi. Endilikda jami holatlar 45 679tani tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi kun davomida 343 kishi tuzalgani, 7 kishi vafot etganini xabar qildi. Jami tuzalganlar 42 555 nafar, qurbonlar 373 kishi ekani aytilmoqda.

Yangi holatlar (+749)

Kasallanish darajasi ayniqsa Toshkent shahrida sezilarli ko‘paygan: 9 sentabr kuni butun mamlakat miqyosida 512ta holat aniqlangan bo‘lsa, 10 sentyabrda birgina poytaxtning o‘zida 510 kishida COVID-19 qayd etildi.

  • Toshkent shahri – 510
  • Toshkent viloyati – 186
  • Samarqand viloyati – 16
  • Namangan viloyati – 9
  • Andijon viloyati – 9
  • Xorazm viloyati – 8
  • Buxoro viloyati – 5
  • Surxondaryo viloyati – 5
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1

Tuzalganlar (+343)

Davolanish ko‘rsatkichi bir foizga pasayib, 93 foizga tushdi. Rasmiy statistikaga asosan, jami tuzalganlar – 42 555 nafar.

  • Toshkent shahri – 206
  • Toshkent viloyati – 98
  • Samarqand viloyati – 11
  • Namangan viloyati – 10
  • Buxoro viloyati – 5
  • Surxondaryo viloyati – 5
  • Andijon viloyati – 4
  • Qashqadaryo viloyati – 3
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 

O‘lim holatlari (+7)

Vazirlik 10 sentabr kuni 7ta o‘lim holati haqida ma'lumot berdi. Hukumat koronavirus qurbonlarini jami 373 nafar deb ko‘rsatmoqda.

  • Zangiota tumanida yashagan 79 yoshli S.J. (ayol)
  • Olmazor tumanida yashagan 70 yoshli B.U. (erkak)
  • Yunusobod tumanida yashagan 61 yoshli X.F. (erkak)
  • Ohangaron shahrida yashagan 46 yoshli S.T. (erkak)
  • Yunusobod tumanida yashagan 81 yoshli T.K. (ayol)
  • Ohangaron tumanida yashagan 60 yoshli J.X. (ayol)
  • Ohangaron tumanida yashagan 76 yoshli Q.H. (ayol)

Davolanayotganlar soni 2 751 nafarga ko‘tarildi. Ulardan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzuga oid