COVID-19 markaziga ishga kiritish uchun pul talab qilgan shaxslar qo‘lga tushdi
Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Bu shaxslar firibgarlik va pora olishda ayblanmoqda.
Joriy yilning 27 avgust kuni huquqni muhofaza qilish organiga Jizzax shahrining "Zargarlik" mahallasida yashovchi N.H. murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati IIB axborot xizmati.
U Jizzax politexnika instituti yotoqxonasida tashkil etilgan COVID-19 saralash va taqsimlash markaziga ishga kirishi uchun pora talab qilishayotganligini bildirgan.
Ishga joylashni Jizzax shahri Toshloq mahallasida yashovchi uy bekasi D.H., Jizzax shahri "Ittifoq" mahallasida yashovchi, dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi xorijiy korxona vakili N.U., asli forishlik, Baxmal tumani tibbiyot birlashmasi hamshirasi Sh.T. va'da qilishgan.
Mazkur murojaat asosida COVID-19 saralash va taqsimlash markazida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida arizachi N.H. hamda uning uch nafar tanishidan 1 000 AQSh dollarini olayotgan jinoiy sheriklar ushlandi.
Holat yuzasidan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan. Dugonalar firibgarlik va pora olishda ayblanmoqda.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024