Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston Markaziy saylov komissiyasi respublika prezidentligiga besh nafar nomzodni ro‘yxatdan o‘tkazdi
Foto: avesta.tj
Tojikiston Saylovlar va referendumlar bo‘yicha markaziy komissiyasining 13 sentyabrdagi yig‘ilishida 11 oktyabrga belgilangan saylovlarda mamlakat prezidentligiga besh nafar nomzod rasmiy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazildi.
Respublikaning amaldagi prezidenti, Xalq demokratik partiyasi yetakchisi Imomali Rahmon, Agrar partiya rahbari Rustam Latifzoda, Sotsialistik partiya yetakchisi Abduhalim G‘afforov, Kommunistik partiya rahbari Miroj Abdulloyev va Iqtisodiy islohotlar partiyasi yetakchisi Rustam Rahmatzoda Tojikiston prezidentligiga nomzod sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazildi.
MSK Tojikiston Demokratik partiyasi rahbari Saidja'far Usmonzodani prezidentlikka nomzod sifatida rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish masalasini 14 sentabr kuni ko‘rib chiqadi.
Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi prezidentlik saylovlarini boykot qilishga qaror qildi.
Bundan oldin, Tojikiston hukmron partiyasi Imomali Rahmonni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatgandi.
Mavzuga oid
15:45 / 03.04.2026
Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi
18:41 / 02.04.2026
Tojikiston prezidenti oziq-ovqat narxlari «misli ko‘rilmagan darajada» oshishidan ogohlantirdi
20:14 / 27.03.2026
O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari Buxoroda to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurdi
14:10 / 27.03.2026