Bugun Duşanbedagi «Koxi Borbad» davlat kinokonsert zalida Tojikiston Xalq demokratik partiyasining navbatdan taşqari qurultoyi bölib ötdi, unda delegatlar bir ovozdan respublika prezidentligiga Imomali Rahmon nomzodini körsatdilar. Bu haqda Asia-Plus xabar berdi.

Qayd etilişiça, qurultoy işida Tojikistonning barça viloyat va şaharlaridan kelgan 1 mingdan ortiq delegatlar qatnaşdi. Qurultoy işida XDP yetakçisi Imomali Rahmonning özi iştirok etmadi. Qurultoy işi davomida u bugun özining 25 yilligini nişonlayotgan Tojikiston Milliy gvardiyasida bölgan.

Avvalroq, respublikaning amaldagi prezidenti yana bir marta Tojikiston Mustaqil kasaba uyuşmalari federatsiyasi va respublika Yoşlar ittifoqi tomonidan davlat rahbari lavozimiga nomzod sifatida körsatilgandi.

Mamlakatning yettita siyosiy partiyasidan beştasi öz nomzodi borasida bir qarorga kelib böldi:

  • partiya yetakçisi Rustam Latifzoda Agrar partiyadan nomzod sifatida körsatildi;
  • Sotsialistik partiya öz raisi Abduhalim Ğafforov nomzodini körsatdi;
  • Şuningdek, Tojikiston Demokratik partiyasi öz rahbari Saidja'far Usmonzodani nomzod qilib körsatdi;
  • Tojikiston Iqtisodiy islohotlar partiyasi ham öz rahbari Rustam Rahmatzoda (Qudratov)ni nomzod sifatida körsatdi.

5 sentabr kuni mamlakat Kommunistik partiyasi saylovoldi qurultoyida öz nomzodini taqdim etadi.

Tojikiston Sotsial-demokratik partiyasi prezident saylovlarini boykot qilişga qaror qildi.

Tojikistonda prezidentlik saylovlari 11 oktabr kuni bölib ötadi.