Çirçiq şahrida yaşovçi fuqaro M.V. bolaligidan 2-guruh nogironi, parvarişga muhtoj, «paraliçning oğir simptomi» taşxisi asosida doimiy muolaja olib kelgan ukasi M.Tning kasali xuruj qilgani sababli 2020 yil 7 may kuni özining «Lada-2103» rusumli avtomaşinasida dori-darmon izlab Toşkent şahriga keladi.

Mirobod tumani hududida joylaşgan «Risoviy» bozori qarşisida IIB YHXB inspektori Ş.Ataxatjayev tomonidan M.V.ga tegişli transport vositasi töxtatiladi va Mirobod tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektori D.Aymatov tomonidan M.V.ning vaziyat yuzasidan tuşuntirişi inobatga olinmasdan va haqiqiy holatga huquqiy baho berilmasdan karantin qoidalarni buzganligi va maxsus ruxsatnoma (stikersiz) harakatlanganligi uçun ma'muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi.

Toşkent şahar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boşqarmasi Mirobod tuman bölimining 13 maydagi qarori bilan, M.V.ga nisbatan MJtK 54-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 20 baravari, ya'ni 4 460 000 söm jarima jazosi tayinlanadi.

27 may kuni Toşkent şahar Mirobod tuman ma'muriy sudining raisi S.Ş.Yuldoşev fuqaro M.V.ning sanitariya-epidemiologiya nazorati Mirobod tuman filiali tomonidan çiqarilgan qarorga nisbatan norozi bölib keltirgan şikoyatini körib çiqdi.

Sud, Respublika maxsus komissiyasining tegişli qarorini inobatga olib, M.V.ning bolaligidan nogiron bölgan, özgalar parvarişiga muhtoj ukasi M.T.ning hayoti va soğligi uçun zarur dori-darmon vositalarini xarid qiliş uçun Mirobod tuman hududidagi dorixonaga kelganligini inobatga olib, uning harakatlarida MJtK 54-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari yöqligi sababli, unga nisbatan bölgan ma'muriy işni MJtK 271-moddasining 1-bandiga asosan harakatdan tugatdi.

Şu bilan birgalikda, M.V.ning boşqaruvidagi transport vositasi öşa kuni jarima maydoniga qonunga zid ravişda olib borib qöyilgan, deb topildi.

MJtKning 291-moddasi talabiga köra, transport vositalarini uşlab turiş va körikdan ötkaziş qonun hujjatlari bilan vakolat berilgan organlar (mansabdor şaxslar) tomonidan uşlab turiş sababi bartaraf etilgunga va ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körilgunga qadar amalga oşirilişi mumkinligi körsatilgan bölib, aynan mazkur kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik uçun na içki işlar organi na davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organi tomonidan uşlab turiş, ya'ni avtotrastport vositasini jarima maydonçasiga olib borib saqlaş nazarda tutilmagan.

Biroq, IIB YHXB inspektori Ş.Ataxatjayev va Mirobod tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati inspektori D.Aymatovlar tomonidan ötkazilgan tadbirda, M.V boşqaruvidagi transport vositasida yuqoridagi qonun talablariga zid ravişda jarima maydonçasiga qöyilişi, transport vositasi 7 maydan 27 maygaça – 20 kun mobaynida jarima maydonçasida saqlanişi, şuningdek u avtomaşinasini jarima maydonidan olib çiqiş uçun ortiqça sarf-xarajat qilgani, sarson-sargardon bölgani oqibatida, uning huquq va qonun bilan qöriqlanadigan manfaatlari qöpol ravişda buzilgan.