Xonanda Vohidjon Isoqov uylangani va töyiga belgilanganidan köproq mehmon taşrif buyurgani uçun BHMning 5 baravari (1 million 115 ming söm) miqdorida jarima belgilangani haqidagi xabar köplab bahs munozaralarga sabab bölgandi. Jumladan Kun.uz saytida ham “Haydovçiga beş million, artistga bir million jarima: mantiq qayerda qoldi, qonuniylik-çi?” sarlavhali maqola e'lon qilindi.
Bugun, 23 sentabr kuni Toşkent şahar Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xonandaga aslida 4,46 million söm miqdorida jarima solinganini bildirdi. Vaziyatga izoh oliş uçun Toşkent şahar davlat sanitariya epidemiologiya nazorati boşqarmasi boşliği örinbosari Abzaljon Olimjonov bilan suhbatlaşdik.
– Nega xonanda bilan boğliq jarimaga oid ikki xil xabar tarqaldi? Yoki jamoatçilik bosimidan söng qaror özgartirildimi?
– Yöq, xonandaga BHMning 5 baravari (1 million 115 ming söm) miqdorida jarima belgilangani haqidagi xabar haqqoniy bölmagan. Vohidjon Isoqovga bitta jarima solingan va uning miqdori boşidanoq 4,46 million söm bölgan.
– Lekin bu 1,115 million sömlik jarima haqidagi xabar ham rasman tarqaldi-ku.
– Töğri, ammo uning manbasi bizning taşkilot emas. Biz bunday jarima haqida heç qayerda ma'lumot bermaganmiz, bunaqa miqdordagi jarimaning özi bölmagan ham.
– Nega xonandaga jarima keçikib qöllanildi?
– Buning obektiv sabablari bor – aslida bu işga 17 sentyabrdayoq kirişilgan. Xodimlarimiz xonandaga qönğiroq qilganlarida akasi javob bergan, özi bilan boğlaniş iloji bölmagan. 18 sentyabrda xodimlarimiz ma'lumotnomaga imzo qöydiriş uçun Vohidjon Isoqovning uyiga borganlarida xonanda töyga ketganligini aytgan uyidagilar ma'lumotnomani imzolamaganlar.
19 sentabr kuni xonandaning özi bilan boğlanib, dam oliş kunlari ötganidan keyin, 21 sentyabrda bevosita öziga qaror nusxasi yetkazilgan va imzolangan.
– Xonanda jarimani tölaşdan boş tortmadimi?
– Yöq, tölaşini bildirdi. Agar 15 kun içida öz ixtiyori bilan tölab yuborsa, 30 foizli çegirmaga ega böladi. Bordi-yu tölamasa, hujjatlar MIBga topşiriladi, keyingi qonuniy çoralarni ular körişadi. Lekin, öylaymanki, iş bungaça bormaydi va Vohidjon Isoqov ma'muriy jarimani öz vaqtida tölaydi.












