«Bu savollar bazada bor-yo‘qligi tekshirilmoqda» - DTM TDYuU testlari sotilgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat yuridik universiteti uchun kirish imtihonlarida bitta fandan test savollari 2 ming AQSh dollari, 2ta fandan esa 4 ming dollaridan sotilgani, shuning uchun universitetga hujjat topshirgan 400 nafar abituriyent birdaniga 189 ball to‘plagani haqida xabarlar va test savollarining suratlari tarqaldi. Kun.uz muxbiri Davlat test markazi axborot xizmatidan mazkur holat yuzasidan izoh oldi.
DTM axborot xizmati rahbari Orziqul Boboyev tashkilot hozirda bu masala bo‘yicha shug‘ullanayotganini ma'lum qilgan.
«Savollar DTM bazasida bor yoki yo‘qligi va holatga tegishli barcha jihatlar o‘rganiladi», dedi u.
Tashkilot axborot xizmati xodimi Jamshidbek Odilovning qo‘shimcha izoh berishicha, kirish imtihonlarida tushadigan savollar universitetlar kesimida tasdiqlanmaydi. Ya'ni faqatgina Toshkent davlat yuridik universitetiga tushadigan savollar bazasi alohida shakllantirilmaydi. Savollar faqat fanlar kesimida: ingliz tili, fizika, tarix sifatida shakllantiriladi. Shuning uchun faqat TDYuU uchun test savollari tarqalib ketgani haqidagi xabarlar mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi.
«Bundan tashqari, mandat e'lon qilinishiga hali bor. Bu boradagi ishlar hozir amalga oshirilmoqda. 24 sentyabrgacha hamma natijalar umumlashtirilib, e'lon qilinishi aytilgan. Shuning uchun hamma narsa tanlov to‘liq e'lon qilingandan keyin ma'lum bo‘ladi», dedi u.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maksimal ball olganlar ko‘pligi haqidagi xabarlarga javoban DTM ball yuqori bo‘lishiga sabab bo‘lgan omillarni sanagan edi.
Ma'lumot uchun, Toshkent davlat yuridik universitetiga joriy yil 600 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan va universitetga 13 ming 700dan ortiq abituriyent hujjat topshirgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Serbiya prezidenti urush boshlanganidan beri birinchi marta Ukrainaga keldi
Jahon | 14:05
-
Hindistonda yo‘lovchi samolyot quladi
Jahon | 14:03
-
🔴 LIVE: AQShdagi mojaro, G‘azodagi qamal va Isroilga sanksiyalar – “Geosiyosat” muloqoti
Jahon | 14:02
-
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi
O‘zbekiston | 13:50
Mavzuga oid

19:23 / 23.12.2024
TDYuU joylashgan tarixiy bino eshiklarini beruxsat almashtirgan xodim jarimaga tortildi

15:20 / 19.09.2024
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?

14:00 / 25.07.2024
“Abituriyentlarga huquq fanidan tushgan savollar ishchi guruh tuzib o‘rganib chiqiladi” - TDYuU rektori

18:24 / 23.07.2024