Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samaradan o‘zbekistonlik mehnat muhojirlarining oxirgi guruhi ham olib qaytildi
27 sentabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning yana bir reysi Samara oblastidagi o‘zbekistonliklarning oxirgi qismini vatanga olib qaytdi. Bu haqda Samara oblasti hukumatidagi manbaga asoslanib «Interfaks» agentligi xabar tarqatdi.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, poyezd «Kinel» temir yo‘l stansiyasidan Toshkentga qarab yo‘l olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, jo‘nab ketganlar Kinel lagerida qolgan so‘nggi guruh edi.
U vaqtincha yashash punktida hech kim qolmagani, lagerdagi palatkalar yig‘ishtirilayotganini ma'lum qilgan.
Senyabr oyi boshida Samara yaqinida minglab o‘zbekistonliklar vatanga qaytish umidida to‘plangani xabar qilingandi. Mahalliy hukumat ularga Kinel rayoni hududida vaqtincha yashash uchun joy qilib bergan, chodirlarni isitish choralari ko‘rilgan. Hududda mehnat migrantlari ko‘payishining oldini olish maqsadida nazorat-o‘tkazuv punktlari tiklangandi.
Keyinroq ularni olib ketish bo‘yicha ishlar federal darajada tashkil etildi, maxsus ishchi guruh tuzildi.
Umuman olganda, may oyidan beri Samara oblastidan O‘zbekistonga 10 mingga yaqin o‘zbekistonlik qaytarilgan. 12, 14, 19 va 23 sentyabrda oblastdan poyezdda 3,5 ming kishi O‘zbekistonga jo‘natilgan, 16 sentyabrda esa 150ga yaqin kishi samolyotda uchib ketgan.
Samaradan 25 sentabr kuni 800dan ortiq, 26 sentabr kuni esa 900dan ortiq o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi.
Mavzuga oid
14:05 / 25.10.2025
Samarada qiyin ahvolga tushgan ona va yetti nafar voyaga yetmagan farzandi O‘zbekistonga qaytarildi
11:50 / 12.04.2024
O‘zbekiston elchisi Samara viloyatida YTHda jabrlanganlardan xabar oldi
07:15 / 09.04.2024
Samaradagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi
07:30 / 08.04.2024