Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimov: Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuniga bag‘ishlangan navbatdagi anjuman Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi
28 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, UNESCO masalalari bo‘yicha Milliy komissiya raisi Aziz Abduhakimov UNESCO bosh direktori Odri Azule bilan birga Xalqaro axborotdan erkin umumfoydalanish kuni (XAUFK)ni nishonlashga bag‘ishlangan yuqori darajali onlayn-muhokamada ishtirok etdi.
Tadbir 28-29 sentabr kunlari Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro arxivlar kengashi, BMT Taraqqiyot dasturi, Twitter ijtimoiy tarmog‘i, “Ochiq hukumat” hamkorligi tashabbusi, “Transparency International” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi kabi yetakchi tashkilot va tuzilmalarning rahbariyati ishtirokida o‘tkazilmoqda.
Aziz Abduhakimov O‘zbekistonda prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida OAVni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga oid taqdimot o‘tkazdi.
O‘zbekistonda OAVni liberallashtirish va ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlash, so‘z erkinligi va jurnalistlar huquqlarini targ‘ib qilish, hukumat faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta'minlash, davlat tashkilotlari hamda aholi o‘rtasidagi muloqotni mustahkamlash yo‘lida qilingan ishlar aniq misollar bilan yoritib berildi.
Yuqori darajali onlayn-muhokama davomida O‘zbekiston hukumatining UNESCO bilan hamkorlikdagi XAUFK bo‘yicha xalqaro anjumanini 2021 yilning kuzida Toshkent shahrida o‘tkazish istagi bildirildi.
Bosh vazir o‘rinbosari keyingi yilga rejalashtirilgan ushbu anjuman davlatlarda yuz berishi mumkin bo‘lgan axboriy inqirozlar va muammolarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘lida UNESCO hamda boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lida xizmat qilishini ta'kidladi.
UNESCO bosh kotibi Odri Azule va tadbirning boshqa ishtirokchilari O‘zbekiston hukumatiga kelgusi yilda bu qadar muhim tadbirni o‘tkazishga tayyor ekanligi uchun minnatdorlik bildirishdi.
Mavzuga oid
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
09:00 / 10.05.2026
Bekor bo‘lgan peshlavha “solig‘i”, anti-SLAPP zarurati va SSVda iste’folar - hafta dayjesti
19:03 / 07.05.2026
Otabek Bakirov: “Yolg‘on axborot tarqatish haqidagi modda so‘z erkinligini toraytiryapti”
15:24 / 07.05.2026